Bekmurodova Go‘zal Adhamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari faoliyatida raqamli marketing texnologiyalari samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt177.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universititeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Boltabaev Mahmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nodir Xosiyatovich Jumaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari faoliyatida raqamli marketing texnologiyalari samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan blokcheyn asosida qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) imkonini beruvchi mobil ilovadan foydalanish, ular uchun (brokerlar, dilerlar, soliqlar va komissiyalar) ketadigan xarajatlarga ehtiyoj qolmasligiga olib kelishi asoslangan;
bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni raqamli biometrik identifikatsiya qilishni qo‘llash orqali, masofadan moliyaviy xizmat ko‘rsatishlar tizimi takomilashtirilgan;
banklarda mijozlarga berilgan kredit ballarini hisoblash usullariga sun’iy intelekt texnologiyasining “client- control and connection” funksiyasini kiritish orqali baholash taklif etilgan;
raqamli bank marketingining kontent texnologiyasini qo‘llashda ularning onlayn platformasidan foydalanish tavsiya etilgan;
bank raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanishda yirik reklama maydonlaridan voz kechib, hozirgi kunda qulay va arzon reklama maydoni “Microinfluenza” (mikro ta’sir ko‘rsatuvchi marketing texnologiyasi) dan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatida raqamli marketing texnologiyalari samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan blokcheyn asosida qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) imkonini beruvchi mobil ilovadan foydalanish, ular uchun (brokerlar, dilerlar, soliqlar va komissiyalar) ketadigan harajatlarga ehtiyoj qolmasligiga olib kelishi taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatida qo‘llanilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2022 yil 7 dekabrdagi 07-3/8808-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotida joriy etilishi natijasida bankning mobil` ilovasi funksiyalari yanada takomillashtirilgan hamda mahalliy va xalqaro pul o‘tkazmalari, to‘lovlar tizimi, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, turli xil omonatlarni qulay shartlarda rasmiylashtirish, MasterCard virtual kartasini masofadan ochib onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, Visa Direct tizimi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlardagi bank o‘tkazmalarni amalga oshirish, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni sotib olish (sotish) imkoniyati yaratilib, natijada, brokerlar, dilerlar, soliqlar va komissiyalar uchun ketadigan harajatlar tejalishiga va bundan kelib chiqib bank aktivlari 2022 yilda 12,8% (55759 mlrd. so‘m)ni, bank kapitali esa 11,1% (7570 mlrd.so‘m)ni tashkil etgan;
bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni raqamli biometrik identifikatsiya qilishni qo‘llash orqali, masofadan moliyaviy xizmat ko‘rsatish  tizimini takomillashtirish taklifi ATB “Qishloqqurilishbank” faoliyatida qo‘llangan (ATB “Qishloqqurilishbank”ning 2022 yil 19 oktyabrdagi 04/46-12-7386-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tijorat banki tomonidan “InTend” loyihasida 2022 yil yanvar-sentyabr oylari davomida 226 441 nafar mijozlar onlayn identifikatsiyadan o‘tkazilib, 259,4 mlrd.so‘m mikroqarz mablag‘lari ajratilishiga erishildi. Shuningdek, bankning “QUANT” mobil ilovasida on-layn identifikatsiyadan o‘tish orqali omonat, mikroqarz va bank kartasiga buyurtma berish funksiyalari joriy etildi. “QUANT” mobil ilovasi orqali  2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 14166 nafar mijozlar biometrik identifikatsiyadan o‘tkazildi, hamda shu davr mobaynida jismoniy shaxslar tomonidan “QUANT” mobil ilovasi orqali 576,4 mlrd.so‘m aylanmani amalga oshirilishga erishildi;
banklarda mijozlarga berilgan kredit ballarini hisoblash usullariga sun’iy intellekt texnologiyasining “client- control and connection” funksiyasini kiritish orqali baholash taklifi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” faoliyatida qo‘llanilgan (ATB “O‘zsanoatqurilishbank”ning 2022 yil 7 dekabrdagi 07-3/8808-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB amaliyotida joriy etilishi natijasida, raqamli bank vositalari SEO qidiruv tizimi,  B2B platformasi,  B2C platformasi,  CRM mijozlar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi. Mijozlarga  beriladigan kredit ballarini hisoblashda sun’iy intelekt texnologiyasining “client - control and connection” funksiyasidan foydalanish amaliyotga joriy etilib, natijada ijobiy kredit ballari ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mijozlar soni oshib, bankning taasurot ko‘rsatkichlari samaradorligi (tanlab olingan alohida yangilik uchun: veb saytidan foydalanuvchilar soni (Sf) - 350, bank marketing reklamasini sayt orqali ko‘rganlar soni (SRk) – 135, taqdim etigan aloqa kanallari ulushi (SAK) – 90ga oshgan) 55,79ni tashkil qildi. Mijozlar ishonchli modeli ko‘rsatkichi 2021 yil mezon oralig‘idan kelib chiqib baholaydigan bo‘lsak 1511,80ga tengligiga erishilgan va bu ko‘rsatkich bankka nisbatan mijozlar ishonchi yuqori bo‘lganligini ko‘rsatgan;
raqamli bank marketingining kontent texnologiyasini qo‘llashda ularning onlayn platformasidan foydalanish taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida qo‘llangan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki 2022 yil 12 dekabrdagi 13-11/1747-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, ATB  “Agrobank”da bankning onlayn platformasidan foydalanish orqali raqamli bank texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini baholash bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari keltirib o‘tildi. Natijada banking “Ommabop mahsulotlar” nomli on-layn xizmat paketi “Agrobank”ning taasurot ko‘rsatkichlari samaradorligini 60,74% ulushga oshishiga erishilgan;
bank raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanishda yirik reklama maydonlaridan voz kechib, hozirgi kunda qulay va arzon reklama maydoni “Microinfluenza” (mikro ta’sir ko‘rsatuvchi marketing texnologiyasi) dan foydalanish bo‘yicha taklif ATB “Qishloqqurilishbank” faoliyatida qo‘llangan (ATB “Qishloqqurilishbank”ning 2022 yil 19 oktyabrdagi 04/46-12-7386-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir video reklamalardan so‘ng 500 000 dan ortiq obunachilar kuzatib borishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish