Adilova Shoxida Tuychiyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxsda suisid oldi xulq-atvor shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P235.
Ilmiy rahbar: Fayziyeva Mavluda Xudayorovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor, Sirliyev Baxtiyor Nazarovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsda suisid oldi xulq-atvor shakllanishining psixologik xususiyatlari hamda unga ta’sir qiluvchi omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsda individual-kognitiv jarayonlarni shakllanish bosqichlariga ko‘ra, distal omillar ta’sirida tafakkurning rigidlik, demonstrativlik va pedantiklik xususiyatlarini dezintegratsiya va dezadaptatsiya natijasida suisid oldi xulq-atvorning namoyon bo‘lishi dallilangan;
hayot indikatorlariga tashqi omillarning ta’siriga oqibatida, tez xafa bo‘lish, umidsizlik, o‘zini kamsitish, ko‘ngilchanglik, murosasizlik, tobelik natijasida autoagressiv xatti-harakat namoyon tufayli shaxsda o‘z joniga qasd qilish ehtimolining prognozlashtirish dalillangan;
shaxsda inqirozli vaziyatlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, xulq-atvorda «affektivlik», «anormal-emotsional idrok» va emotiv xususiyatlarni «proksimal», «distal» va «fiziologik» disfunksional o‘zgarishlarishi natijasida shaxsda o‘lim instinktini dominant bo‘lishi dalillangan;
kognitiv va konativ faktorlarning statik ta’siriga ko‘ra, shaxslardagi «autoverbal agressivlik», «suisidual risk», «gipertoniyaga moyillik», «nevrotik deprecciya» va «yurak miokard infarkti» xavfining ortishi tufayli qizlarda suisidual xatti-harakatlarning takrorlanish chastotasi davomiy ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shaxsda suisid oldi xulq-atvor shakllanishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsda individual-kognitiv jarayonlarni shakllanish bosqichlariga ko‘ra, distal omillar ta’sirida tafakkurning rigidlik, demonstrativlik va pedantiklik xususiyatlarini dezintegratsiya va dezadaptatsiya natijasida suisid oldi xulq-atvorning namoyon bo‘lishi dallilanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi P-M-63-son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlar o‘rtasidagi suisidal harakatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan psixoprofilaktik tadbirlarni amalga oshirishda milliy odatlar, an’analar, qadriyatlardan keng foydalanishga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qilgan;
hayot indikatorlariga tashqi omillarning ta’siriga oqibatida, tez xafa bo‘lish, umidsizlik, o‘zini kamsitish, ko‘ngilchanglik, murosasizlik, tobelik natijasida autoagressiv xatti-harakat namoyon bo‘lishi shaxsda o‘z joniga qasd qilish ehtimolining prognozlashtirish vositasi ekanligi isbotlanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi P-M-63-son ma’lumotnoma). Natijada pedagoglar va amaliyotchi psixologlarda suisid oldi xulq-atroni oldini olishni mustahkamlashning metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qiladi;
shaxsda inqirozli vaziyatlarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra, xulq-atvorda «affektivlik», «anormal-emotsional idrok» va emotiv xususiyatlarni «proksimal», «distal» va «fiziologik» disfunksional o‘zgarishlarishi natijasida shaxsda o‘lim instinktini dominant bo‘lishi dalillanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi P-M-63-son ma’lumotnoma). Natijada ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar va amaliyotchi psixologlar faoliyatining metodik bazasi ta’minotini yaxshilashga yordam beradi.
kognitiv va konativ faktorlarning statik ta’siriga ko‘ra, shaxslardagi «autoverbal agressivlik», «suisidual risk», «gipertoniyaga moyillik», «nevrotik deprecciya» va «yurak miokard infarkti» xavfining ortishi tufayli qizlarda suisidual xatti-harakatlarning takrorlanish chastotasi davomiy ekanligi aniqlanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi P-M-63-son ma’lumotnoma). Natijada ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar va amaliyotchi psixologlar faoliyatining metodik bazasi ta’minotini yaxshilashga yordam beradi.