Yadgarov Nodir Djalolovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Ped247.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljahon Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chizma geometriya va chizmachilik fanlarining kompyuter animatsion modeli talabalarda fazoviy-vizual 3D obrazlarni bosqichma-bosqich shakllantirish,  «qo‘shimcha reallik» texnologiyasidan foydalanishning ijodiy grafik loyiha maxsulotini yaratish hamda STEAM texnologiyalarini adekvat transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi chizmachilik ta’limida fazoviy-vizual 3D obrazlar, ijodiy topshiriqlar, obrazlarning xususiyatlari, hamda bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarini rivojlantiruvchi-didaktik ta’limni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish istiqbollarining strategiyasini aniqlash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari dinamikasini qiyosiy taqqoslash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi fazoviy-vizual 3D  obrazlarning shakllanish bosqichlari va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish,  ta’sirchanligini kuchaytirish, vizual maydonga hissiy ma’lumotlarni kiritish hamda kompyuter animatsion obyektni tekislikdagi statik tasvirni dinamik tasvirga almashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarida fazoviy-vizual 3D obrazlarni shakllantirishning metodik tizimi ma’lumotlarning optimal tuzilmasini ishlab chiqish, aqliy va ijodiy qobiliyat hamda axborot o‘zlashtirishning  mantiqiy bosqichlarini «qo‘shimcha reallik» texnologiyasiga bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chizmachilik  o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
chizma geometriya va chizmachilik fanlarining kompyuter animatsion modeli talabalarda fazoviy-vizual 3D obrazlarni bosqichma-bosqich shakllantirish,  «qo‘shimcha reallik» texnologiyasidan foydalanishning ijodiy grafik loyiha maxsulotini yaratish hamda STEAM texnologiyalarini adekvat transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Chizma geometriya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyulgi 654-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 654-109 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada chizmachilik o‘qitishning hozirgi holatini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni chizmachilik fanini o‘qitishda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish istiqbollarining strategiyasini aniqlash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari dinamikasini taqqoslash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Chizma geometriya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyulgi 654-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 654-109 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kompetentli yondashuv chizmachilik fanini o‘qitishdagi o‘ziga xos nazariy metodologik va amaliy faoliyat jihatlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni chizmachilikdan mustaqil o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish istiqbollarining strategiyasini aniqlash hamda talabalar o‘zlashtirish darajasini baholash mezonlari dinamikasini taqqoslash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Chizma geometriya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyulgi 654-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 654-109 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlashda chizmachilik fanini o‘qitishning pedagogik modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi fazoviy-vizual 3D obrazlarning shakllanish bosqichlari va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish,  ta’sirchanligini kuchaytirish, vizual maydonga hissiy ma’lumotlarni kiritish hamda kompyuter animatsion obyektni tekislikdagi statik tasvirni dinamik tasvirga almashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Chizma geometriya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyulgi 654-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 654-109 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada fanlararo o‘quv mashg‘ulotidagi tayanch tushunchalarning aloqadorlik ko‘rsatkichlari mezonlarini aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilaridafazoviy-vizual 3D obrazlarni shakllantirishning metodik tizimi ma’lumotlarning optimal tuzilmasini ishlab chiqish, aqliy va ijodiy qobiliyat hamda axborot o‘zlashtirishning  mantiqiy bosqichlarini «qo‘shimcha reallik» texnologiyasiga optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Chizma geometriya» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyulgi 654-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 654-109 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchisining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish