Soliyev Farhodjon Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko‘rsatkichlari samaradorligini aniqlashning psixologik asoslari», 19.00.05 – ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P97.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nishonov Sarvar Yuldibayevich, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxslararo munosabatlar tizimida vizual psixodiagnostika mezonlari samaradorligini tadqiq qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
vizual diagnostikaga biofizik, ijtimoiy-guruhiy axborotlarning ta’siri natijasida vizual belgilar va ekspressiv xulqidagi makroharakatlarni perseptiv darajada shaxslararo munosabatlarda integrativ namoyon bo‘lishi tufayli harakat simptomlari majmuasi bilan bog‘liq noverbal xulq va noverbal interaksiya kodlarida emotsional holat muhim ahamiyatga ega ekanligi dalilangan;
ekspressiv xulqda harakter xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra shaxslararo kommunikatsiya jarayonida kinesikaning vizual psixosemiotekada ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs psixotiplariga xos belgilarining individual komponentlari isbotlangan;
shaxslararo munosabatlarda noverbal semiotikaning yuqori darajada shakllanganligi muloqotdagi identifikatsiya va refleksiya mexanizmlarini ijtimoiy kommunikatsiyada integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy persepsiya aniqligining rivojlanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
ijtimoiy munosabatlardagi ekspressiv xulqni vizual baholashda emotsional qo‘zg‘aluvchanlikda ayollar erkaklarga qaraganda ustun ekanligi va intensivlik darajasi bo‘yicha kamroq va emotsional barqarorlikda past darajada ekanligi tufayli hissiy komponentda gender differensiya mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxslararo munosabatlarda vizual diagnostika mezon hamda ko‘rsatkichlari samaradorligini aniqlashning psixologik asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
vizual diagnostikaga biofizik, ijtimoiy-guruhiy axborotlarning ta’siri natijasida vizual belgilar va ekspressiv xulqidagi makroharakatlarni perseptiv darajada shaxslararo munosabatlarda integrativ namoyon bo‘lishi tufayli harakat simptomlari majmuasi bilan bog‘liq noverbal xulq va noverbal interaksiya kodlarida emotsional holat muhim ahamiyatga ega ekanligi dalilanishiiga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 01 dekabrdagi  PM-26-son buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 12 dekabrdagi PM-26-M-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim psixologlari, pedpgogika va psixologiya professor-o‘qituvchilari faoliyati samarodirligini oshirishga xizmat qilgan;
ekspressiv xulqda harakter xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra shaxslararo kommunikatsiya jarayonida kinesikaning vizual psixosemiotekada ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs psixotiplariga xos belgilarining individual komponentlari isbotlanishiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 01 dekabrdagi  PM-26-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 12 dekabrdagi PM-26-M-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog kadrlarning ijtimoiy munosabatlarda shaxss ekspressivligini baholashga doir uslubiy texnologik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
shaxslararo munosabatlarda noverbal semiotikaning yuqori darajada shakllanganligi muloqotdagi identifikatsiya va refleksiya mexanizmlarini ijtimoiy kommunikatsiyada integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy persepsiya aniqligining rivojlanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillanishiga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 01 dekabrdagi  PM-26-son buyrug‘iga asosan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 12 dekabrdagi PM-26-M-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflarning joriy etilishi psixolog va pedagoglarning professional kasbiy mahoratini sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
ijtimoiy munosabatlardagi ekspressiv xulqni vizual baholashda emotsional qo‘zg‘aluvchanlikda ayollar erkaklarga qaraganda ustun ekanligi va intensivlik darajasi bo‘yicha kamroq va emotsional barqarorlikda past darajada ekanligi tufayli hissiy komponentda gender differensiya mavjudligi isbotlanishiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 01 dekabrdagi  PM-26-son buyrug‘iga asosan “Ottogenez psixologiyasi, differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 12 dekabrdagi PM-26-M-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislik fanlari professor-o‘qituvchilarining uslubiy ta’minoti boyitilib, ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish