Sultanova Shaxnoza Mirxalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining adaptatsiya jarayonida emotsional zo‘riqishlarning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P351.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining adaptatsiya jarayonida ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining adaptatsiya jarayonida emotsional zo‘riqishlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarida o‘quv faoliyatga adaptatsiyaning darajaviy ifodalanishida o‘qituvchi bilan bog‘liq munosabatlardagi stress, xavotir, depressiya, nizolashuvchanlik, boshqalarni qabul qila olmaslikning ustuvor xarakterga ega ekanligi tufayli emotsional zo‘riqish muhim omil sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan.
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarida ijtimoiy moslashuv xususiyatlarining ifodalanishiga ko‘ra, emotsional komfort hissining boshqalarni qabul qilishda integrativ namoyon qilinishi tufayli o‘zini-o‘zi qabul qilish ustuvor ahamiyat kasb etishi asoslangan;
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining o‘quv faoliyati ta’siriga ko‘ra o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlarida xavotirlanish darajasining integrativ ifodalanishi tufayli ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish emotsional zo‘riqishlarning oldini olishdagi muhim omil ekanligi isbotlangan;
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining o‘quv faoliyatiga moslashishi jarayonida emotsional komformlilik, ekvivalent chegaralarning kengligi, konstruktiv muloqot ko‘nikmasining refleksiv darajada rivojlanganligi o‘zini nazorat qilishning hissiy komponentiga ta’sir etishi tufayli ijobiy emotsional o‘zgarishga erishish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining adaptatsiya jarayonida emotsional zo‘riqishlarning psixologik xususiyatlari mavzusidagi olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarida o‘quv faoliyatga adaptatsiyaning darajaviy ifodalanishida o‘qituvchi bilan bog‘liq munosabatlardagi stress, xavotir, depressiya, nizolashuvchanlik, boshqalarni qabul qila olmaslikning ustuvor xarakterga ega ekanligi tufayli emotsional zo‘riqish muhim omil sifatida namoyon bo‘lishini dalillashga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarida emotsional zo‘riqishlar namoyon bo‘lishida xavotir, depressiya, emotsional diskomfort, haddan tashqari stress kabi faktorlarni tahlil etish imkoniyati yaratilgan;
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarida ijtimoiy moslashuv xususiyatlarining ifodalanishiga ko‘ra, emotsional komfort hissining boshqalarni qabul qilishda integrativ namoyon qilinishi tufayli o‘zini-o‘zi qabul qilish ustuvor ahamiyat kasb etishini asoslashga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarida o‘quv faoliyatidagi stress, ustoz-shogird munosabatlari, nizolarga beriluvchanlik, o‘quv jarayoniga moslasha olish, o‘zini va boshqalarni qabul qilish omillarini empirik tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining o‘quv faoliyati ta’siriga ko‘ra o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlarida xavotirlanish darajasining integrativ ifodalanishi tufayli ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish emotsional zo‘riqishlarning oldini olishdagi muhim omil ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son buyrug‘iga asosan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlarida xavotirlanish daradjasiga korreksion ta’sir etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining o‘quv faoliyatiga moslashishi jarayonida emotsional komformlilik, ekvivalent chegaralarning kengligi, konstruktiv muloqot ko‘nikmasining refleksiv darajada rivojlanganligi o‘zini nazorat qilishning hissiy komponentiga ta’sir etishi tufayli ijobiy emotsional o‘zgarishga erishish mumkinligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son buyrug‘iga asosan “Psixologik xizmat” va “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2032 yil 07 yanvardagi PM-03-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga moslashishini ta’sinlash uchun konstruktiv muloqot ko‘nikmasining refleksiv darajada rivojlatirish orqali o‘zini nazorat qilishning hissiy komponentiga ta’sir etishining psixologik asoslari takomillashtirilgan.