Yusupjonova Iroda Abdirayimjonovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika yo‘nalishi talabalari kasbiy shakllanishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06– Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P172.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abdirayimovich,  psixologiya fanlari doktori, professor; Beknazarova Lola Sadinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.                                                                              
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika yo‘nalishi talabalarining kasbiy shakllanishini psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning kasbiy rivojlanishidagi psixologik qarama-qarshiliklarga ko‘ra individuallashtirish, o‘z mutlaqligini tan olish, o‘z-o‘zini identifikatsiyalash, kognitiv konstruksiyalarini refleksiv jarayonlar bilan uyg‘un shakllanishi orqali pedagoglarni kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvining motivatsion omillarini aniqlash imkoniyatlari dalillangan;
talabalarning pedagog sifatida kasbiy shakllanishida idrok etish, xotira, tasavvur, tafakkur, diqqat kabi umumiy qobiliyatlarni namoyon bo‘lishining empatiyaviy yo‘nalganlik negizida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli  refleksiv jarayonlarni kommunikativ sifatlar bilan integrativ rivojlanishi muhim ekanligi dalillangan;
pedagogika yo‘nalishi talabalarining kasbiy shakllanganlik darajasini baholashda kommunikativ, emotsional, irodaviy sifatlarni o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra «kommunikativ-pedagogik», «motivatsion-irodaviy», «tahliliy-baholovchi», «qadriyatli-ijodiy» kabi kasbiy rivojlanishning mezonlari asoslangan; 
oliy ta’lim muassasasida kasbiy shakllanishga ijtimoiy-psixologik omillarning ta’siri natijasida  kommunikativlik va tashkilotchiliq qobiliyatining empatiya hissi bilan integrativ rivojlanishi tufayli kasbiy refleksiyaning differensial rivojlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika yo‘nalishi talabalari kasbiy shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kasbiy rivojlanishidagi psixologik qarama-qarshiliklarga ko‘ra individuallashtirish, o‘z mutlaqligini tan olish, o‘z-o‘zini identifikatsiyalash, kognitiv konstruksiyalarini refleksiv jarayonlar bilan uyg‘un shakllanishi orqali pedagoglarni kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvining motivatsion omillarini aniqlash imkoniyatlari dalillash mexanizmi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar faoliyatidagi faollikni oshirish, kasbiy muhim sifatlarning ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kasbiy tayyorgarlikning sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning pedagog sifatida kasbiy shakllanishida idrok etish, xotira, tasavvur, tafakkur, diqqat kabi umumiy qobiliyatlarni namoyon bo‘lishining empatiyaviy yo‘nalganlik negizida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli  refleksiv jarayonlarni kommunikativ sifatlar bilan integrativ rivojlanishi muhim ekanligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-son  buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
pedagogika yo‘nalishi talabalarining kasbiy shakllanganlik darajasini baholash uchun kommunikativ-pedagogik, motivatsion-irodaviy, tahliliy-baholovchi, qadriyatli-ijodiy kabi umumlashtirilgan mezonlaridan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Kasb psixologiyasi» moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar kadrlar zaxirasini shakllantirishda o‘zigaga xos qobiliyatlar haqida bilim va malakalarni oshishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasida kasbiy shakllanishga psixologik omillarning ta’siri natijasida  kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatining empatiya hissi bilan integrativ rivojlanishi tufayli kasbiy refleksiyaning differensial rivojlanishi dalillanishi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust  №8-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Konsul’tativ psixologiya va psixokorreksiya»  moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 18 avgust 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika yo‘nalishi talabalari kasbiy shakllanishini psixologik shartlarini rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish