Xashimov Axmad Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buyrak va uning tomirlari tasvirlarini tahlil qilish algoritmlari», 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2648.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzayev Nomaz, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamediyeva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Ozod Rabbimovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buyrak va uning qon tomirlari tasvirlarini qayta ishlash va tahlil qilish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kontrastni cheklashga asoslangan tibbiyot tasvirlari sifatini oshiruvchi takomillashtirilgan algoritm ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i tasvirlaridan neyron tarmoq va morfologik amallar asosida buyrakni segmentlash algoritmi ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i tasvirlaridan buyrak tomirlarini qalinliklari bo‘yicha ajratib olish algoritmi ishlab chiqilgan;
buyrak tasvirlarini xarakterlovchi belgilar asosida uning hajmi o‘zgarishlarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buyrak va uning tomirlari tasvirlarini tahlil qilishning mavjud hamda taklif etilgan model va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua asosida:
tibbiyot tasvirlarini sifatini oshirish, tasvirlarda buyrak va uning tomirlarini segmentlash, buyrak hajmi o‘zgarishlarini aniqlash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi shifoxonaning urologiya bo‘limida joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2022 yil
1 dekabrdagi 08-38228 – son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarning buyraklariga tashxis qo‘yish aniqligini 12%ga oshirish imkonini bergan;
tibbiyot tasvirlarini sifatini oshirish, tasvirlarda buyrak va uning tomirlarini segmentlash, buyrak shakli o‘zgarishlarini aniqlash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua
Farg‘ona shahar “Uromed ABK” xususiy klinikasida joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2022 yil 1 dekabrdagi 08-38228 – son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarning buyraklariga tashxis qo‘yish tezligini 1,4 barobarga va aniqligini 12%ga oshirish imkonini bergan;
tibbiyot tasvirlarini sifatini oshirish, tasvirlarda buyrak va uning tomirlarini segmentlash, buyrak shakli o‘zgarishlarini aniqlash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2022 yil 1 dekabrdagi 08-38228 – son ma’lumotnomasi). Natijada rentgen laborantlar bemorlarning buyraklaridagi o‘zgarishlar haqida tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini bergan.