Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida toshtutgich qurilmasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2704
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abbazov Ilxom Zapirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xomashyosi tarkibidan og‘ir aralashmalarni ajratib olish hamda paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun toshtutgich qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toshtutgich qurilmasining kirish quvuri qarshisidagi devorga paxta va og‘ir aralashmalarni birgalikda urilishi natijasida hosil bo‘ladigan zarba kuchlari hisoblab aniqlagan hamda uning miqdorini kamaytiradigan rezina parrakli magnitli baraban konstruksiyasi yaratilgan;
toshtutgich qurilmasida paxtadan ajralgan og‘ir aralashmalarni uzliksiz tashkariga chiqarib yuborish imkonini beradigan vakuum-klapanning takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta tarkibidan ajaralgan og‘ir aralashmalarning toshtutgichning cho‘ntakdagi xolati ularning harakat qonuni asosida cho‘ntakni asos qismining qiyalik burchagi hisoblab topilgan;
og‘ir aralashmalarga qo‘shilib qurilmaning cho‘ntak qismiga tushib qolgan paxta bo‘lakchasini yana qayta ajratib paxta oqimiga qo‘shib beruvchi havo quvurining optimal parametrlari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta havo yordamida tashish jarayonidagi toshtutgich qurilmasini konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan yangi toshtutgich qurilmasi “Namangan To’qimachi cluster” MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasining ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 02/22-854-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tarkibidan metal parchalarini tutib qolish samaradorligini oshirish orqali jin arralarini ishlash muddatini saqlash bilan bir qatorda chigit shikastlanishi 3.3 % dan 2.4 % gacha kamayishiga hamda og‘ir aralashmalarga qo‘shilab toshtutgichning cho‘ntak qismiga tushib qolayotgan paxta bo‘lakchasining miqdorini 78 % kamaytirishga erishilgan.