Salomova Mashxura Arabboy qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani havodan ajratish jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida qo‘zg‘aluvchan qurilma konstruksiyasini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2703
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamasharipov Abdunabi Abdumajidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi: paxtani havodan ajratish jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida qo‘zg‘aluvchan qurilma konstruksiyasini takomillashtirish orqali paxta mahsulotlarini dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va ish unumdorligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
separator ishchi kamerasidagi paxtani havodan ajratish jarayonida to‘rli yuzada harakat traektoriyasiga ta’sir etuvchi egri sidirgichning maqbul parametrlari tavsiya etilgan; 
separatordagi mavjud sidirgichlarga nisbatan takomillashtirilgan, paxtani to‘rli yuzadan tez va sifatli ajratish imkonini beradigan qo‘sh sidirgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;  
paxtani havodan ajratuvchi to‘rli sirtning foydali yuzasini oshiradigan va mayda iflosliklardan samarali tozalash imkonini beruvchi egrilik radiusiga ega bo‘lgan, yaxlit materialdan tayyorlangan parabolasimon teshik shaklidagi to‘rli yuza konstruksiyasi taklif etilgan; 
separator to‘rli yuzasida so‘ruvchi havo ta’sirida hosil bo‘ladigan paxtani tiqilishlarini kamaytirish imkonini beradigan sidirgich burchak tezligining minimal qiymati hisoblash natijalari orqali aniqlangan;  
separatsiya jarayoni samaradorligini oshirish maksadida sidirgich va to‘rli sirt ortiga trapesiya shaklidagi plastinka joylashtirilgan va uning o‘lchamlarining maqbul qiymatlari tasiya etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani qo‘zg‘aluvchan qurilma yordamida tashishda homashyoni havodan ajratib beruvchi separator ishchi organlarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
yangi takomillashtirilgan paxta separatori qurilmasi “Namangan To’qimachi cluster” MCHJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasining ishlab chiqarishga joriy etildi. («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 02/22-855-son ma’lumotnomasi). Natijada toladagi nuqson va iflos aralashmalar miqdori 1,2 % ga kamaygan, erkin tola yuqori navli paxta sinflarida 0,5-0,3 kg/s ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish