Imomalieva Shoxsanam Faxriddin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tasmali separator ishchi parametrlarini optimallash asosida separatsiya jarayonini samaradorligini oshirish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2864
Ilmiy rahbar: Maxkamov Anvar Muxammadxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar:  Safarov  Nazirjon  Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobomatov Abdug‘ani Xusayinovich, texnika bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasmali separator qurilmasi konstruksiyasini optimallashtirish orqali paxta xom ashyosining tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda separatsiya jarayonini samaradorligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani pnevmotransportda tashish va uni havodan ajratib olish jarayonida paxtaga mexanik shikast etkazmaydigan harakatlanuvchi to‘rli-yuzali separator qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
separatorning kirish qismiga kelayotgan paxta xom-ashyosini to‘g‘ri vakuum-klapanga yo‘naltirish uchun to‘sqich konstruksiyasi yaratilgan hamda to‘siqning optimal o‘lchamlari  tavsiya etilgan; 
to‘rli-yuzali separator qurilmasida paxta tolasi va chigitining boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlarini saqlash uchun paxta bo‘lakchasini havodan ajratish jarayonida to‘rli yuzaga urilishini, zarba kuchlarini hamda paxta chigiti qobig‘ining mustahkamligini hisobga olib qiyalik burchaklari aniqlangan; 
mexatronik tizim metodikasi asosida paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasining ishchi elementlari va havo oqimining avtomatik tarzda boshqarishga ega bo‘lgan tizim sxemasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani havodan ajratib beruvchi separator qurilmasi ishchi elementlarini ishlash prinsiplarini optimallashtirish bo‘yicha natijalar asosida: 
Paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» AJ tasarrufidagi “Namangan to‘qimachi” MChJga qarashli “Chust paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan.  («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi» AJ ning 2022 yil 27-oktyabr`dagi  №02-22/724-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi dastlabki tabiiy hususiyatlari saqlab qolinib, uning tarkibidagi mayda iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,4 %ga kamaytirishga, jarayonda tolaning yo‘qolishi paxtaning I-II navlarida 0,7% dan 0,2% ga hamda III-IV-V navlarda esa 3,78% dan 2% ga kamayishiga erilishgan hamda avtomatik tarzda boshqarish tizimini joriy etish natijasida paxta xom ashyosini havo oqimida muntazam bir tekis harakatlanishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish