Tashpulatova Munisa Nigmanjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farmatsevtika korxonalarida mehnat sharoitlari gigienasi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish yo‘llari» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1414.
Ilmiy rahbar: Iskandrova Guza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashirbaeva Dinara Makkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: in’eksion dori vositalari ishlab chiqarish mehnat sharoiti va ishchilar organizmininng funksional holatini samaradorligini oshirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtika korxonasining in’eksion preparatlar ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan sanitar-texnik moslamalarning samaradorligi pastligi hisobiga sexdagi ishchi muhitning gazlanganligi va changlinganligi, shovqin, past darajadagi yoritilganlik, noqulay mikroiqlim, mehnat monotonligi hamda majburiy ishchi holat zararli omillar ekanligi asoslangan;
in’eksion dori vositalari ishlab chiqarish sexlarida ishchilarning mehnat sharoitlari texnologik jarayonlarini tashkil etishda 3.1 dan 3.3 sinfgacha, eng zararli mehnat sharoiti “O’ZKIMYOFARM” korxonasidagi kavsharlovchi, sterillovchi ish joylarida 3.3, “INTEGRA DD” korxonasida esa steril eritmalarni tayyorlovchi apparatchi, kavsharlovchi, sterillovchi ish joylarida 3.2 xavflilik sinfiga kirishi isbotlangan; 
ishlab chiqarish omillarining kompleks ta’sirida ishlovchi organizmning markaziy asab, yurak qon tomir, tayanch xarakat tizimlarining va ko‘rish analizatorlarining zo‘riqishi natijasida charchash yuzaga kelishi va ish qobiliyatining pasayishi isbotlangan;  
yetakchi kasblardagi ishlovchilarning mehnat sharoitlarini sinflari zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqarish muhitida mehnat jarayoninig og‘irligi va keskinligiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farmatsevtika korxonalarida mehnat sharoitlari gigienasi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish yo‘llarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
farmatsevtika korxonalarida mehnat sharoitlari gigienasi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Farmatsevtika korxonalarida ishchilarni mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 8n-z/448-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarining darajalariga ko‘ra mehnat sharoitlarini umumiy sinfini aniqlash va kompleks ta’sirini baholash imkonini bergan;
farmatsevtika korxonalarida mehnat sharoitlari gigienasi va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalarining profilaktik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 08-40215-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi zararli va havfli omillarni oldini olish uchun sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlar kompleksini joriy etish va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish natijasida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotilganlik bilan bog‘liq nozologik kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish