Jalilov Razzoq Samadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Texnologik jarayonlardagi changlarni ushlab qolish uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan chang yutgich qurilmasini ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2061.
Ilmiy rahbarlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: changni tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan uyurmali oqimlarga ega qurilmalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chang tozalashlarning geometrik o‘lchamlarini hisoblash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
chang tozalash qurilmalarining samaradorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlarining optimal qiymatlarini hisoblash uchun matematik model` ishlab chiqilgan;
superfosfat ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqadigan fosforit changini tozalash samaradorligini oshirish uchun funksional sxema ishlab chiqilgan;
sanoat chiqindilarida changni tozalash samaradorligini oshirish imkonini beradigan uyurmali chang tozalash konstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Texnologik jarayonlardagi changlarni ushlab qolish uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan chang yutgich qurilmasini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik jaraenlardan ajralib chiqadigan changlarni ushlab qolish usullari «Elektrokimyo» QK-AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyo» QK-AJning 2022 yil 1 fevraldagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan zararli gaz va changlarni tozalashning uzluksizligi tufayli tabiatning ifloslanishini oldini olish imkonini bergan; 
ishlab chiqilgan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan chang yutgich qurilmasi «Elektrokimyo» QK-AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyo» QK-AJning 2022 yil 1 fevraldagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan zararli gaz va changlarni tozalash asosida changlarni 98,0-99,0 % gacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish