Taylakov Tolip Isakulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida echkilarning gel`mintlari va gel`mintozlari”, 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.2.DSc/V11.
Ilmiy maslahatchilar: Salimov Buri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Rasulov Utkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori; Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning turli biogeotsenozlarida echkilar gel`mintozlarining epizootologiyasi, qo‘zg‘atuvchilarining gel`mintofaunasi, tur tarkibi, morfofunksional hamda bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, davolash hamda oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati biotsenozlarida echkilar gel`mintozlari qo‘zg‘atuvchilarining jami 26 turi aniqlanib, shundan 4 turi trematodlar, 8 turi sestodlar va 14 turi nematodlarga tegishli ekanligi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining tog‘oldi-tog‘ biotsenozlarida echkilar gel`mintozlari qo‘zg‘atuvchilarining jami 23 turi aniqlanib, shundan 1 turi trematodalar, 4 turi sestodlar va 18 turi nematodalarga tegishli ekanligi aniqlangan;
Namangan viloyatining tog‘oldi-tog‘ biotsenozlarida echkilar gel`mintozlari qo‘zg‘atuvchilarining jami 34 turi aniqlanib, shundan 3 turi trematodalar, 6 turi sestodlar va 25 turi nematodalarga tegishli ekanligi aniqlangan;
echkilar trematodozlari paytida kuzatiladigan asosiy klinik, gemomorfologik, gemobiokimyoviy, immunobiologik va patologoanatomik o‘zgarishlar ilmiy asoslangan;
echkilar gel`mintozlarini davolashda (10% li al`bendozol, Iver-praz, Al`ben-praz va Monezol) zamonaviy antgel`mintik preparatlarini kombinatsiyali qo‘llash orqali davolash usullari takomillashtirilgan;
echkilar sestodozlarining oldini olishda an’anaviy antgel`mintikli-mineralli-tuzli yalamani, echkilar nematodozlarining oldini olishda esa albendozolli antgel`mintikli-mineralli-tuzli yalamani qo‘llash bo‘yicha profilaktik tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida echkilar gel`mintlari va gel`mintozlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Mayda shoxli hayvonlar monieziozining diagnostikasi va unga qarshi kurash choralari» va «Echkilar gel`mintozlarini davolash va oldini olish chora-tadbirlari» bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 sentyabrdagi №02/23-397-son ma’lumotnomasi).Ushbu tavsiyanomalarni qo‘llash evaziga echkilarning har xil gel`mintozlarini davolash va oldini olish orqali ularga o‘z vaqtida qarshi kurashish imkoniyati yaratilgan;
Echkilarning ichak sestodozlarini davolash va oldini olishda Monezol, Iver-praz va Alben-praz preparatlarini echkilarning har 10 kg tirik vazni hisobiga 1 ml dan og‘iz orqali qo‘llash usuli Nurobod tumanidagi «Nurli el chorvadori» MChJ va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 sentyabrdagi №02/23-397-son ma’lumotnomasi). Natijada ichak sestodozlari bilan zararlangan echkilarning to‘liq sog‘ayishiga va echkilarining ichak sestodozlari bilan zararlanishining 100% oldini olinishga erishilgan;
Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga qarashli «Karimov Najmidin Salimovich», «Tepaqul chorvasi» chovachiliklik fermer xo‘jaliklarida 630 bosh echkiga 10 foizli Albendazol antgel`mintik preparatini 10 kg tirik vazn hisobiga 1 ml dan og‘iz orqali qo‘llash usuli amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 sentyabrdagi №02/23-397-son ma’lumotnomasi). Ushbu preparatni qo‘llanilishi natijasida echkilarning trematodozlar va nematodozlar bilan zararlanishining 90-95% oldini olishga erishilgan;
Antgel`mintikli mineral tuzli yalamalarni 3 oy davomida echkilar gel`mintozlarini oldini olish va qarshi kurashda qo‘llash bo‘yicha guruh usuli ishlab chiqilib, Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi «Nurli el chorvadori» mas’uliyati cheklangan jamiyati, Qo‘shrobot tumaninig «Oqtog‘ bog‘lari» va «Shamoli chorvasi» chorva fermer xo‘jaligi, Namangan viloyati Pop tumanidagi «Tursunov Zayniddin» echkichilik fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 12 sentyabrdagi №02/23-397-son ma’lumotnomasi). Ushbu usulni qo‘llash natijasida tog‘old-tog‘ hamda sug‘oriladigan biotsenozlaridagi echkilarning gel`mintozlar bilan bilan zararlanishining oldini olishga erishilgan hamda gel`mintozlarni oldini olishda sarflangan 1 so‘m xarajatlar qoplami 11,50 so‘mni tashkil qilgan.