Mamadiev Azizbek Maribjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chap tomonlama o‘tkir yo‘g‘on ichak tutilishida xirurgik davolash va reabilitatsiya natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib373.
Ilmiy rahbar: Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxidovich, tibbiyot fanlari doktori; Egamov Yuldashali Suleymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kolo-koloanastomoz bilan kombinatsiyalangan stomani shakllantirish usulini takomillashtirish, shuningdek, xirurgik reabilitatsiyani optimallashtirish orqali yo‘g‘on ichakning chap tomonlama o‘sma va o‘sma bo‘lmagan genezli o‘tkir tutilishini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘sma va o‘sma bo‘lmagan genezli yo‘g‘on ichakning chap tomonlama o‘tkir tutilishida kolo-koloanastomoz bilan kombinatsiyalangan stomani shakllantirish usuli takomillashtirilgan;
yo‘g‘on ichakning chap tomonlama o‘tkir tutilishida kolo-koloanastomoz bilan kombinatsiyalangan stomani shakllantirishning klinik samaradorligi asoslangan;
xirurgik reabilitatsiyaning rekonstruktiv-tiklovchi bosqichini ertaroq muddatlarda o‘tkazish shartlariga aniqlik kiritilgan va asoslangan;
ekstraabdominal usul bilan amalga oshiriladigan va Gartman tashrixidan keyingi rekonstruktiv-tiklovchi aralashuvlarga nisbatan sezilarli darajada xavfsizroq bo‘lgan hamda kam travmatiklikni ta’minlaydigan chap tomonlama kombinatsiyalangan kolostomani bartaraf etish usuli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kolo-koloanastomoz bilan kombinatsiyalangan stomani shakllantirish usulini takomillashtirish hamda xirurgik reabilitatsiyani optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Kolostoma qo‘yish usuli” takomillashtirilgan (Intellektual mulk agentligi IAP 06816-son ihtiro uchun patenti. 22.02.2022y.). Kolostoma qo‘yishning tavsiya etilgan usuli samaraliroq bo‘lib, anastomozning etarli darajada mexanik pishiqliligini va fizik germetikligini ta’minlagan.
Shoshilinch xirurgiyada yo‘g‘on ichak anastomozlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Shoshilinch xirurgiyada yo‘g‘on ichak anastomozlarini shakllantirish usuli, kolostoma qo‘yish usuli va rekonstruktiv-tiklovchi operativ amaliyotini o‘tkazish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 08-00341-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar Taklif etilgan tavsiyalar kolo-koloanastomoz bilan kombinatsiyalangan T-shaklidagi stomani shakllantirish orqali o‘sma va o‘sma bo‘lmagan genezli O‘YIT da xirurgik taktikani optimallashtirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining xirurgiya bo‘limiga va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 12 yanvardagi 08-00341-son ma’lumotnomasi). Yo‘g‘on ichakning o‘sma va o‘sma bo‘lmagan genezli o‘tkir tutilishida kolokoloanastomoz bilan kombinatsiyalangan stoma hosil qilish usulini takomillashtirish rekonstruktiv-tiklovchi tashrixlarni o‘tkazish vaqtini 1-3 oygacha, spesifik asoratlarning chastotasini 17,5% dan 2,6% gacha, shuningdek o‘lim chastotasini 5,3% dan 2,6% gacha kamaytirish imkonini bergan.