Asxanov Zafarbek Pattaxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘l kaft sohasi kuyik asorati qayd etilgan bemorlarning jarrohlik reabilitatsiyasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1278.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori; Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: plastikaning mavjud usullarini takomillashtirish hamda yangi usullarni ishlab chiqish orqali qo‘l kaft kuyishlari oqibatlarini xirurgik davolashning funksional va estetik natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rekonstruksiya turi va reabilitatsiya dasturiga yondoshuvlarning xususiyatlariga bog‘liq holda, lahtak nekrozi, lahtakosti gematomasi, o‘rindiq yiringlashi qo‘l kaftning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari plastikasining qoniqarsiz funksional va kosmetik natijalari rivojlanishining asosiy prediktorlari ekanligi aniqlangan;
qo‘l kaftning kichik chandiqli sohalarini o‘rnini bosishda kislorod transkutan bosimining mahalliy ko‘rsatkichini etarli darajada tiklashni ta’minlovchi, to‘qimalarni intraoperatsion cho‘zishning optimal davomiyligi hamda cho‘zish sikllari orasidagi interval 4 daqiqa ekanligi aniqlangan;
antiseptiklarning kimyoviy ta’siri natijasida epidermisning qisman yoki to‘liq ko‘chib tushishi xavfi kamayishini, shuningdek terining dermal qavatini shikastlamagan holda laxtakni bir tekisda kesib olishni ta’minlovchi to‘liq qavatli teri transplantanti olish usuli ishlab chiqilgan;
transkutan termometriya va oksimetriya monitoringini majburiy protokolga kiritish bilan bo‘g‘imlar kontrakturasi va sindaktiliyada qo‘l kaftni bir vaqtning o‘zida kombinatsiyalashgan hamda to‘liq qavatli teri transplantatli plastika qilish usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qo‘l kaftning kuyishdan keyingi oqibatlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash bosqichlarida davolash-profilaktika dasturini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qo‘l kaft orti yuzasining chandiqli deformatsiyalarini xirurgik davolash usuli» ishlab chiqilgan (Iitellektual mulk agentligi IAP 07091-son ihtiro uchun patenti. 20.11.2022). Taklif etilgan usul to‘qima chandiqlarini to‘liq qavatli teri laxtaklarini qo‘llash hisobiga bir vaqtning o‘zida qo‘l kaft orti yuzasining kichik chandiqli deformatsiyalarini tiklashga imkon bergan;
qo‘l kaftning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalarini plastika qilishning mavjud usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Intraoperatsion ballonli cho‘zish yordamida qo‘l kaftning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalarini plastika qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 08-40019-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar anatomik va funksional jihatdan to‘liq cho‘zilgan laxtakni olish va shu bilan plastik amaliyotlarda ijobiy estetik natijalar ulushini yaxshilash imkonini bergan; 
qo‘l kaftning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalarini plastika qilishning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Qo‘l kaft orti yuzasining kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari va sindaktiliyalarni bir vaqtning o‘zida bartaraf etish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 08-40019-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar statsionar davolanish muddatini 9 kundan 6 kunga qisqartirish va qo‘l kaft kuyishi oqibatlari bilan og‘rigan bemorlarning tiklanishini tezlashtirish imkonini bergan;
qo‘l kaftning kuyishdan keyingi oqibatlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash bosqichlarida davolash-profilaktika dasturi sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan va Farg‘ona filiallariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 08-40019-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari qo‘l kaftning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashda plastika usullarini takomillashtirishga, teri qoplamining yanada mustahkam tiklanishiga, yaxshi elastiklikni va ostidagi to‘qimalarga nisbatan harakatchanlikni ta’minlashga, tashrixdan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrda retraksiya xavfini va asoratlar sonini kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish