Eraliev Umidjan Ergashovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda diareyali infeksiyalarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib246.

Ilmiy raxbar: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda kechadigan infeksion diareyalarning tashxisi va davolashga bo‘lgan yondashuvni takomillashtirish.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir yuqumli diareyalarning rotavirusga qarshi emlash davridagi etiologik tuzilishi, mono- va mikst- diareyalarning klinik-laborator va epidemiologik xususiyatlarini taqqoslangan holda asoslangan;

ambulator va shifoxona sharoitida diareyalarni tashxislash va davolash chora-tadbirlarining hajmi va samarasi takomilashtirilgan;

bolalarda o‘tkir yuqumli diareyalarni skrining tizimida ekspress-testlash tizimini qo‘llashning samaradorligi isbotalangan;

yuqumli diareya kasalligi kechishining klinik, immunologik va virusologik o‘ziga xos xususiyatlari, diareya bilan kasallangan bolalar hayoti sifatini yaxshilashga qaratilgan tashxislash tartibi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda diareyali infeksiyalarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Bolalarda o‘tkir diareyaning tashxislash algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy qo‘llanma yuqumli diareya bilan xastalangan bolalar orasida kasallikni erta tashxislash va samarali davolash mexanizmini isbotlash hamda kasallikning davolash tartibini amalga oshirish imkonini bergan;

bolalarda diareyali infeksiyalarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish kasallikning asoratlarini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instiuti klinikasi va Toshkent shahridagi 4-son Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 8N-z\\12-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikni davolash samaradorligini oshirib, kasallik tarqalishini hamda kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish, shifoxonada davolanish vaqtini 1,3 barobarga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish