Rustamov Elyor Samievichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rik mevasi tarkibidagi namlik chiqishini pog‘onali jadallashtirish asosida quritish jarayonini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat sanoati jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1066.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xayrullo Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: o‘rik mevasini quritish usuli (№IAP 06748).
II. Tadqiqotning maqsadi bosqichma - bosqich energiya berishga asoslangan o‘rik mevasini quritishning yangi usulini  ishlab chiqish hamda quritish jarayoni va apparatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘rik mevasini quritishda siqilgan atmosfera bosimining ta’sir qonuniyatlarini aniqlash uchun tajriba-sinov qurilmasi ishlab chiqilgan;
tayyor mahsulotning saqlanish muddatini oshirish va orgonaleptik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun o‘rik mevasini 15÷20 daqiqa 0,2÷0,4 foizli limon kislotasi eritmasida ishlov berish rejimi ishlab chiqilgan;  
siqilgan atmosfera bosimining 0,2÷0,8 MPa chegaralarida o‘rik mevasini quritish jarayonining kinetikasi  aniqlangan; 
atmosfera bosimining maqbul diapazoni (0,6÷0,8 MPa) da  ishlov berish va bosimni lahzali tushirish usulini qo‘llash orqali  4÷5 daqiqa davomida o‘rik mevasi tarkibidagi  namlik miqdorini  10÷13% ga tushirish rejimi asoslangan; 
o‘rik mevasini pog‘onali quritish jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
IQ-nurlangan energiyaning maqbul to‘lqin uzunligi diapazonida, yuqori bosim ostida  va bosimni lahzali tushirish hamda konveksiya ta’sirida ishlov berishga asoslangan, o‘rik mevasining kapilyar g‘ovak strukturasidagi suyuqlik tomchilarining harakati va uning  yuza tomon siljishini jadalashtiruvchi resurs-energiyatejamkor quritish jarayoni va apparati takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rik mevasinining butun hajmi bo‘yicha bir me’yorda namlik chiqishini ta’minlovchi quritish jarayoni  va qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori bosim ostida ishlov berish va lahzali tushirish rejimida o‘rik mevasini suvsizlantirishga mo‘ljallangan  quritish qurilmasi  «SABINA SUMAYA PLUS» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 08-119/1021-son  ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan quritish usulini qo‘llash orqali 4-5 minut mobaynida mahsulot tarkibidagi namlik miqdorini 10-13% tushirish imkonini bergan;
IQ-nurlangan energiyaning maqbul to‘lqin uzunligi diapazonida, yuqori bosim ostida  va bosimni lahzali tushirish hamda konveksiya ta’sirida o‘rik mevasini suvsizlantirishga  asoslangan quritish qurilmasi “LIVADIYA BUKHARA” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 08-119/1021-son  ma’lumotnomasi) Natijada, o‘rik mevasini quritish  tizimida energiya sarfini 1,5 marta, quritish jarayonining davomiyligini 1,8 marta kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish