Matmuratov Baxtishod Yangiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Glisirrizin kislotasi va uning tuzlari bilan ayrim sitokininlarning supramolekulyar komplekslarini olish hamda ularning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K500.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjonovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: GK va uning tuzlarining sitokininlar bilan turli xil molyar nisbatlardagi suvda eruvchan supramolekulyar komplekslarini olish hamda ularning biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
glisirrizin kislotasi va uning tuzlari asosida adenin va kinetinning turli xil molyar nisbatlardagi 30 ta supramolekulyar kompleks birikmalari olingan va ularning spektral hamda reologik xususiyatlarini o‘rganish asosida, komplekslarni barqarorlashtiruvchi kuchlar vodorod bog‘lari, gidrofob-gidrofob, ion-dipol` (–NN3+⋅⋅⋅O–N, NN+·· OH-) hamda elektrostatik (-SOO-···+NH3+) ta’sirlashuvlar ekanliklari isbotlangan hamda barqarorlik konstantalari va Gibbs erkin energiya qiymatlari fosfatli bufer muhitida mazkur komplekslarning sho‘rlanish sharoitida ham barqaror ekanligi aniklangan;
ilk bor kukunli difraktometriya usuli yordamida supramolekulyar komplekslarning kristallanish darajasi, hajmi va tomonlari uzunliklari kristall panjara shakli monoklinik shakldan tetragonal shaklga o‘tishi va natijada kompleks hosil bo‘lishi ularning kristallik darajasi va shakli o‘zgarishi isbotlangan;
supramolekulyar komplekslarning IQ spektroskopiya tahlili natijalari va mass-spektrlaridagi asosiy molekulyar ionlardan tashqari dastlabki moddalarning monomer, dimer hamda trimerlariga tegishli molekulyar ion signallari bilan birga [MGK+MSitoknin+N]+ va [2MGK+MSitokitin+N]+ larga tegishli ionlarning kuzatilishi asosida komplekslarda GK va sitokinin molekulalari o‘zaro nokovalent ta’sirlashuvlar hisobiga muvofiqlashganligi isbotlangan;
olingan supramolekulyar komplekslarning ta’sirida “Krasnodar 99” bug‘doy navining unish-rivojlanish jarayonida α-amilaza fermenti faolligi ortganligi, don tarkibidagi umumiy oqsillar miqdori boshqalariga nisbatan GKTKT:adenin 9:1 kompleksi ta’sirida 27,39% ga oshganligi aniqlangan va donlar tarkibidagi makro va mikro elementlarning miqdori nazoratga nisbatan qiyosiy o‘rganilganda, Sa 7-8%, Fe 21% gacha hamda kleykovina miqdori ortganligi hisobiga bug‘doyning sifati yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Glisirrizin kislotasi va uning tuzlari asosida sitokininlar bilan turli nisbatlarda supramolekulyar komplekslari, ularning biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GKMAT:adenin 4:1, GKMAT:kinetin 4:1, GKTKT:adenin 9:1 komplekslar Xorazm viloyati Gurlan tumani “E’zoza Tolibjon” fermer xo‘jaligining maydonida “Krasnodar-99” bug‘doy naviga joriy qilingan va Jizzax viloyati G‘allaorol shahri “Lalmikor dexqonchilik ilmiy tadqiqot instituti” ning tajriba maydonida tritikalening “Sardor” naviga joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 07/23-04/8344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Krasnodar 99 navi hosildorligi 5.9-6,8s/ga, Tritikale Sardor navi 2,5 s/ga oshirish imkonini bergan;
GKMAT:adenin 4:1, GKMAT:kinetin 4:1, GKUKT:adenin 9:1 komplekslari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati TOO “Z-Agro” dalasida bug‘doyning “Krasnodar-99” naviga joriy qilingan (TOO “Z-Agro” tomonidan 2022 yil 15 iyulda berilgan dalolatnoma). Natijada urug‘ unuvchanligining yaxshilanganligi, ildiz poya tizimining kasalliklarga hamda noqulay ob-havo sharoitiga chidamliligi nazoratga nisbatan 1,5-2,0 barobarga orttirish imkoni bergan.
GKMAT:adenin 4:1 ITD-9-27 “Batat, kartoshka va topinamburning abiotik omillarga chidamlilik xususiyatlarini tahlili va sho‘rga chidamli liniyalarini in vitro usuli yordamida yaratish” (2017-2019 yillar) loyihasida batat hamda kartoshkani in vitro sharoitida o‘stirishda biostimulyatorlar sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 89-06-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, patogensiz ko‘chatlarini 1,2 marta oshirish imkonini bergan.