Mamatqulov Mamatqul Hamroqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona ko‘l baliqlari mahsulotlaridan unumli foydalanish va kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K569.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Alijon Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozimjon texnik fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isoqov Xayatulla, texnika fanlari doktori, professor; Jalolov Iqbol Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: baliq mahsulotlarining kimyoviy tarkibini tadqiq etish, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida mavjud tovar kodlarini differensiatsiyalash, maxalliy ko‘l baliqlaridan baliq yog‘i va baliq chiqindilaridan baliq uni mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘l baliqlari namunalarining vitaminlar, makro va mikro elimentlar miqdoriy tarkibi aniqlangan;
baliq moyi namunalari tarkibidagi yog‘ kislotalar turlari va ularning miqdori aniqlangan;
baliq yog‘i tarkibidagi moddalar tabiati va miqdorlari asosida tovar kodlari yaratilgan;
baliq etishtirish va baliq mahsulotlari tayyorlash jarayonida baliq moyi miqdorini ortishiga tayyorlangan em tarkibi ta’siri aniklangan;
baliq emi mahsulotining to‘yimliligi oshishiga, emdagi protein miqdorining oshishi, xamda ayrim boshqa omillar ta’siri aniqlangan;
baliq yog‘i va baliq uni tovarlari ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Baliq mahsulotini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va baliq etishtirishni  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy resurslar asosida A, D, E vitaminli hamda omega-3 polito‘yinmagan kislotalar tutgan veterinar va ozuqaviy baliq yog‘ini hamda texnologik mahsulotlarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish asosida tayyor qadoqlangan baliq yog‘ini ishlab chiqish texnologiyasi “FERPI-INNO” unitar korxonasida (Farg‘ona sh.) amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 02-05/4739-son ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘chagacha tarbiya muassasalarida innovatsion yangi oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydalanishga imkonini bergan;
ko‘l balik moyi 1504 tovar pozisiyasining 1504 20 uchun TIF TN bo‘yicha ishlab chiqilgan 1504 20 900 - 1504 20 900 1 moyi; 1504 20 900 3 veterinariya moyi; 1504 20 900 9 boshqalar - sun’iy sharoitda etishtirilgan ko‘l baliklar ozuqaviy - sun’iy sharoitda etishtirilgan ko‘l baliqlar - boshqalar kod raqamlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga kiritilib, bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 11 noyabrdagi 16/05-22-0647-son ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy sharoitda etishtirilgan baliq yogini eksport va import qilishda undiriladigan boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan; 
mahalliy sharoitda etishtirilayotgan tovar baliq mahsulotlarining chiqindisidan baliq uni ishlab chiqarish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “KMK-1” hususiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 22 avgustdagi 02-05/4739-son ma’lumotnomasi). Natijada,  etishtirilayotgan tovar baliq mahsulotlari uchun sifatli em ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish