Sultonmurodov Bobir Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining korporativ mijozlariga kredit berish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1440.
Ilmiy rahbar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzayev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining korporativ mijozlariga kredit berish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ mijozlarga xorijiy hamda milliy valyutada ajratiladigan yashil kreditlar bo‘yicha bank foiz stavkalarini oddiy kredit foiz stavkalariga nisbatan kamaytirish, ya’ni milliy valyutadagi 7 foizni 5 foizga, xorijiy valyutadagi 4 foizni 3 foizga tushirish orqali bank kredit portfelida yashil kreditlarning ulushini oshirish taklif etilgan;
xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jozibadorligini oshirish hamda ularni belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida korporativ mijozlar uchun Corporate green loan kredit mahsulotini ishlab chiqish taklif etilgan;
korporativ mijozlarni kreditlash jarayoni bilan bog‘liq risklarni kamaytirish maqsadida Ekologik va ijtimoiy xavflar va ta’sirlarni boshqarish siyosati va tartibini ishlab chiqish taklif etilgan;
korporativ mijozlarga kompleks xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga mijozlarning investision loyihalarini ko‘rib chiqishga sarflanayotgan vaqtni qisqartirish maqsadida RM (relationship manager) menejer lavozimini joriy etish va funksional vazifalarini aniq belgilash taklifi berilgan;
korporativ mijozlarga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining past foizli liniyalari hisobidan kredit ajratish orqali bank kredit portfelidagi yashil moliyalashning ulushini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tijorat banklarining korporativ mijozlariga kredit berish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xorijiy va milliy valyutalardagi yashil kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish yo‘li bilan bank kredit portfelida korporativ mijozlarga yashil kreditlar berish ulushini oshirish taklifi. Milliy valyutadagi 7 foizni 5 foizga, xorijiy valyutadagi 4 foizni 3 foizga tushirish taklifi “O‘zsanoat qurilishbank” ATB Boshqaruvining 2022 yil 19 maydagi 60/1-sonli qarori bilan qabul qilingan va amaliyotiga tatbiq etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 26 maydagi 27-11/3130 – son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning korporativ mijozlariga past foizli yashil kredit maxsulotlar hisobidan 2022 yil yakuniga qadar jami 104,5 mln. doll. miqdorida kredit ajratish, shu bilan birga bankning yashil kredit portfelini 250,0 mln. dollarga yetkazish kutilmoqda;
xalqaro moliya institutlari mablag‘larining jozibadorligini oshirish va ularning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida korporativ mijozlar uchun yangi Corporate green loan kredit mahsulotini ishlab chiqish va joriy etish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2021 yil 4 iyundagi 70/1-sonli “Bankning ayrim kredit mahsulotlari pasportlarini tasdiqlash va ayrim ichki me’yoriy hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Boshqaruv qaroriga ko‘ra amaliyotga tatbiq etildi (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 26 maydagi 27-11/3130 – son ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yilda korporativ mijozlarga 34,1 mln. doll. ekv. miqdorida kredit ajratilgan bo‘lib, xalqaro moliya institutlari mablag‘larining jalb qilinishi 18,5 foizga oshgan;
korporativ mijozlarga kompleks xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga mijozlarning investision loyihalarini ko‘rib chiqishga sarflanayotgan vaqtni qisqartirish maqsadida RM menejer (o‘zaro munosabatlar bo‘yicha menejer) lavozimini joriy etish va funksional vazifalarini aniq belgilash taklifi “O‘zsanoat qurilishbank” ATB Boshqaruvining 2020 yil 3 martdagi 29/1-son qarori bilan qabul qilingan va amaliyotiga tatbiq etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 26 maydagi 27-11/3130–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Korporativ biznes departamentida 16ta RM menejer (o‘zaro munosabatlar bo‘yicha menejer) lavozimi ochildi, 2021 yilda korporativ mijozlar soni taxminan 1477ni tashkil qildi, vaholanki, 2020 yilda 1320ga teng edi. Korporativ mijozlarning kredit portfeli 2020 yilda 26,1 trln. so‘mni, 2021 yilda esa - 30,2 trln. so‘mni tashkil qilgan, bank kredit portfelidagi ulushi 65,4 foizdan 70,0 foizgacha oshgan;
korporativ mijozlarga kreditlar berish jarayoni bilan bog‘liq risklarni kamaytirish maqsadida “Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi” siyosati va tartibini ishlab chiqish taklif “O‘zsanoat qurilishbank” ATB rahbariyati tomonidan ma’qullandi va Boshqaruvining 2020 yil 16 oktyabrdagi 110/5-son qarori bilan amaliyotiga tatbiq etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 26 maydagi 27-11/3130 – son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2020 yilda 106,7 mlrd. so‘m ekv., 2021 yilda esa 506,1 mlrd. so‘m ekv. yashil kreditlar ajratildi, kredit portfelining oshishiga qaramay korporativ mijozlarning muammoli kreditlari ulushi 2021 ylda ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga qaraganda 0,2 foizga pasaygan;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining maqbul foiz stavkalari orqali kredit ajratish yo‘li bilan bank kredit portfelidagi yashil moliyalashning ulushini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2021 yil 4 iyundagi 70/1-sonli qarori bilan qabul qilingan va amaliyotiga tatbiq etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 26 maydagi 27-11/3130 – son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2020 yilda xalqaro moliya intitutlarining mablag‘lari hisobidan korporativ mijozlarga 106,7 mlrd. so‘m ekv., 2021 yilda - 506,1 mlrd. so‘m ekv. miqdorida kreditlar yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan va bank kredit portfelida yashil moliyalashning ulushi 1,23 foizdan 3,22 foizga oshgan.