Abdullaev Zokir Ikromjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kavar (Sapparis spinosa) o‘simligini madaniy holda etishtirish va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 06.01.11-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.PhD/Qx412.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Numan Boboevich, texnika fanlari doktori, professor; Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kavar (Sapparis spinosa) o‘simligini madaniy holda etishtirish va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, kavar (Sapparis spinosa) o‘simligining poya va ildiz qismlarini sitologik tuzilishi o‘rganilib, xujayrani tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatlari ilmiy asoslangan;
kavar (Sapparis spinosa) o‘simligining urug‘larini undirish uchun o‘stiruvchi IMK, IUK va Retsuper moddalarining maqbul me’yorlari ishlab chiqilib IMK o‘stiruvchi moddasining 100 mg/l me’yorlari bilan 72 soat davomida ishlov berilgan urug‘lar 80-85 % gacha unishi aniqlangan;
kavar urug‘larini ertagi va kechgi muddatlarda madaniy holda 90x40 sm sxemada etishtirish eng maqbul ekanligi isbotlangan;
kavar g‘unchasidan marinadli konserva mahsuloti tayyorlashda g‘uncha va texnik etilgan mevalari 10-15 % li tuzli eritmada 5-6 kun to‘yintirilib, bir foizli adsorb hususiyatga ega bo‘lgan aktivlangan ko‘mir aralashmasida 24 soat saqlanib, mahsulot tarkibidagi achchiq ta’m va noxush xidlarni yo‘qotilib, tayyor mahsulotni sifati oshirishga erishilgan;
kavar g‘uncha va texnik etilgan mevasidan konserva mahsulotlari tayyorlash uchun TU (texnik shart), TI (texnik yo‘riqnoma) va Ts (tarmoq standarti) hamda qayta ishlash usullari, reseptlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kavar (Capparis spinosa) o‘simligini madaniy holda etishtirish va mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida:
Respublikamizdagi dorivor o‘simliklar etishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun “Kavar (Capparis spinosa.L) o‘simlik plantatsiyasini tashkil etish” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 19 apreldagi 04/21-1964 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikamizni bir qator viloyatlari fermer xo‘jaliklarida kavar etishtirishda va qayta ishlash sanoat korxonalarida, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sub’ektlarida ilmiy va amaliy manbaa bo‘lib xizmat qilmoqda;
Kavar o‘simligini madaniy holda etishtirish texnologiyasi Andijon viloyat Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligining Toshoxur o‘rmonchilik bo‘limida 6 gektar maydonga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 19 apreldagi 04/21-1964 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu o‘simlikni madaniy holda etishtirish hisobiga gektaridan 17,0 t/ga mahsulot etishtirilgan. Etishtirishda turli agrotexnologiyalarni qo‘llash hisobiga etishtirilgan hosilni tovarboplik darajasi 85-92 foizgacha bo‘lishi yoki mahsulotni tovarboplik ko‘rsatkichi tabiiy holda o‘suvchi ekinzorlarda etishtirilgan hosilga nisbatan 30-35 foizga yuqori bo‘lgan. Bir gektar maydondan 1,1 tonna g‘uncha etishtirilib, sof daromad 1,2 mln. so‘mni, rentabellik darajasi esa 14,8 % ni tashkil etgan. Texnik etilgan meva etishtirish bo‘yicha, bir gektar maydondan 16,6 tonnagacha hosil etishtirilib, undan tovarboplik xususiyatiga ega mahsulot tayyorlash uchun foydalanildi, buning uchun 68,0 mln so‘m sarf etilgan bo‘lib, sof daromad 15,0 mln. so‘mni, rentabellik darajasi 22,1 % ni tashkil etgan.
Kavar o‘simligini madaniy holda etishtirish texnologiyasi Namangan viloyati Kosonsoy davlat o‘rmon xo‘jaligini Qoratog‘ bo‘limida 4 ga maydonga joriy etilgan hamda ushbu o‘simlikni madaniy holda etishtirish hisobiga gektaridan 150-160 s/ga mahsulot olingan va Chortoq shaxar “Billur Arkon” MChJ da qayta ishlashga joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 19 apreldagi 04/21-1964 sonli ma’lumotnomasi). Natijada etishtirilgan hosildan ikki turdagi konserva mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Tavsiya etilgan texnologiyaga asosan bir tonna kavar o‘simligi g‘unchasidan tayyorlangan konserva mahsulot hisobidan 15,7 mln so‘m; bir tonna mevasidan tayyorlangan konserva mahsuloti bo‘yicha 11,5 mln so‘m, sof daromad olishga erishilib, 62,1 % rentabellikka erishilgan.