Sharustamov Ayattillo Odilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnologik modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish (“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ misolida)”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1767.
Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Saidabbos Asamidinovich, texnika fanlari doktori, professor; Qosimova Dilorom Sobirovna iqtisodiyot, fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti, jumladan yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash tarmog‘ida ishlab chiqarish va ta’mirlash faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatini samarali rivojlantirish rezervlari baholashda  boshqaruv tizimini xarajatlari (B>0,5), mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish (M>0,25), ishlab chiqarishni ilmiy-texnik daraja (T>0,15) va intellektual salohiyatni o‘stirish (I>0,1) dan iborat bo‘lgan darajalar ilmiy asoslangan;
temir yo‘l tarmog‘idagi sanoat korxonasida har bir tizimosti bo‘limlarning rivojlanish dasturiga 0,1 dan 1 gacha chegarada bo‘lgan yillik quvvatlardan foydalanish koeffisienti asosida baholashni hisobga oluvchi samarali rivojlanish algoritmi taklif etilgan;
foydalanilmagan imkoniyatlarni tahlil qilish va aniqlash asosida “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatini samarali rivojlantirishdagi rezervlaridan ishlab chiqarishdagi nomuvofiqlikni bartaraf etish koeffisienti asosida  mexanizmi modifikatsiyalangan;
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining sof tushmiga ta’sir etuvchi omillarning haqiqiy ko‘rsatkichlari asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari faoliyatini samarali rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatini samarali rivojlantirish rezervlari baholashda  boshqaruv tizimini xarajatlari (B>0,5), mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish (M>0,25), ishlab chiqarishni ilmiy-texnik daraja (T>0,15) va intellektual salohiyatni o‘stirish (I>0,1) dan iborat bo‘lgan darajalar bo‘yicha takliflar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2022 yil 11 apreldagi 24-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2022 yil 13 apreldagi 411-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatkichlarni qo‘llash 2021 yilda jamiyatda yillik quvvatdan foydalanish koeffisientini 6%ga oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l tarmog‘idagi sanoat korxonasida har bir tizimosti bo‘limlarning rivojlanish dasturiga 0,1 dan  1 gacha chegarada bo‘lgan yillik quvvatlardan foydalanish koeffisienti asosida baholashni hisobga oluvchi samarali rivojlanish algoritmi bo‘yicha takliflar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2022 yil 11 apreldagi 24-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning  2022 yil 13 apreldagi 411-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida korxonaning vagon ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha rejaning bajarilish ko‘rsatkichini 2022 yilda 6,2 % oshirish imkonini beradi;
foydalanilmagan imkoniyatlarni tahlil qilish va aniqlash asosida “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatini samarali rivojlantirishdagi rezervlaridan ishlab chiqarishdagi nomuvofiqlikni bartaraf etish koeffisienti asosida  mexanizmi modifikatsiyalash bo‘yicha takliflar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2022 yil 11 apreldagi 24-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning  2022 yil 13 apreldagi 411-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni qo‘llash natijasida jamiyatning foydalanilmagan imkoniyatlarini aniqlash va rezervlardan samarali foydalanishga imkoniyat yaratilishi asosida korxona moddiy va ishlab chiqarish zaxiralarini o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash koeffisientini 0,001 punktga rivojlantirishga erishilgan;
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining sof tushmiga ta’sir etuvchi omillarning haqiqiy ko‘rsatkichlari asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha takliflar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2022 yil 11 apreldagi 24-son buyrug‘i bilan ishlab chiqarishga joriy qilingan (“Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2022 yil 13 apreldagi 411-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozni amaliyotga joriy qilish “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJning 2026 yilda 2021 yilga nisbatan samarali faoliyatini 1,5 foizga oshirish imkonini berishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish