Turgunbaeva Jumagul` Raximberdievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Strukturoobrazovanie i svoystva gipsobetona s dobavkoy polikarboksilatnogo superplastifikatora”, 05.09.05 – “Stroitel`nie materiali i izdeliya” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2333.
Ilmiy rahbar: Maxamataliev Irkin Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi  DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Gaziev Uchkun Abdullaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘ldirilgan gipsli bog‘lovchi struktura xosil qilishining o‘ziga xosligini aniqlash va mahalliy mineral xom ashyo asosida va polikarboksilatli superplastifikator yordamida yuqori fizik-texnikaviy va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan yuqori samarali kompozision gipsobeton olish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
“POLIMIX”polikarboksilatli superplastifikatorining gipsli bog‘lovchining struktura hosil qilishi jarayonlariga mexanizmining dispersiyaga ta’siri elektrostatik va sterik omillarning birlashib kelishiga asoslangan bo‘lib bu xolat polikarboksilat efiri molekulasi yon tomon gidrofob poliefir zanjirlarining ta’siri yordamida mohiyati asoslangan;
polikarboksilat efiri asosida olinuvchi “POLIMIX” superplastifikatorining faol sirt markazlarini qo‘zg‘atishi tufayli kompozision gipsli bog‘lovchining gidratatsiya jarayonini kuchaytirishi asoslangan;
ilk bor kompozision gipsli bog‘lovchilar xossalarining maydalangan po‘lat eritish toshqoli va IES uchirma kulining aralashmasidan iborat binar mikroto‘ldirgichning miqdori va dispersligiga bog‘liq xolda o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan;
binar mikroto‘ldirgich va polikarboksilatli superplastifikator qo‘shilgan kompozision gipsli bog‘lovchi siqilishga mustaxkamligi va yumshash koeffisientining reseptura-texnologik omillariga nisbatan matematik modellari ishlab chiqilgan;
binar mikroto‘ldirgich va “POLIMIX” polikarboksilatli superplastifikatori qo‘shilgan kompozision gipsli bog‘lovchi asosida mayda donador gipsobetondan xossalari me’yoriy xujjatlar talablariga javob beruvchi pazogrebnevoy plitalarni ishlab chiqarish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mineral mikroto‘ldirgich - maydalangan po‘lat eritish toshqoli va polikarboksilatli superplastifikator qo‘shilgan,  shuningdek maydalangan po‘lat eritish toshqoli va IES uchirma kulining aralashmasidan iborat binar mikroto‘ldirgichli kompozision gipsli bog‘lovchi asosidagi mayda donador gipsobeton tarkibini  va uni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida ChP «IMKON GIPS» korxonasida  1500 dona (“Uzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining № 05/15-2405 raqamli 2022y. “23” sentyabrdagi ma’lumotnomasi va joriy qilish dalolatnomasi ilova qilinadi) gipsobetondan tayyorlangan pazogrebnevoy plitalarning tajribaviy partiyasi ishlab chiqarildi.
ChP «IMKON GIPS» korxonasida ishlanmani tajribaviy ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida 4048288 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish