Maxmudov Bekzod Mirzaaxmad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mexatronik tizim yordamida boshqariladigan konveyerli quritish uskunasini yaratish va optimal parametrlarini aniqlash” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T1961
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosir Yusupjanovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: t.f.d., dotsent Kayumov Juramirza Abdiramatovich; texnika fanlari falsafa doktori (PhD), Raximov Akmal Alisherovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pillani quritish va g‘umbaklarni jonsizlantirish uchun mexatronik tizim yordamida boshqariladigan konveyerli quritish uskunasini yaratish orqali sifatli pilla mahsulotlarini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pillani quritish jarayonida unga ta’sir qiluvchi omillar natijalarini hisobga olib mavjud quritish uskunalarinidan farqli bo‘lgan konveyerli xom ipak quritish uskunasining yangi konstruksiyasi ilk bor ishlab chiqilgan; 
quritish jarayoni jadalligi, temperatura va xomashyo hajmi omillarining jarayon parametrlariga ta’sirini tadqiq etish orqali konveyerli xom pilla quritish uskunasida xomashyo komponentlariga issiqlik uzatilishining matematik modellari yaratilgan;
rejali tajribalar natijalari asosida xom ipakni quritish jarayonining sifatli mahsulot miqdorini oshirish imkonini beruvchi optimal parametr (harorat, t=750-850 c0, quritish vaqti, t=2,5-3,5 soat,  namlik, w=10-12 %) qiymatlari aniqlangan;
xom pillani jonsizlantirish va quritish uskunasini mexatronik boshqaruv tizimi ishlab chiqilgan hamda xom ipakni quritish va g‘umbaklarni jonsizlantirish uchun tizimning optimal parametrlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pilla quritish jarayoni parametrlarni optimal boshqarish mexatronik tizimini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Xom ipakni quritish va pilla g‘umbagini jonsizlantirish uskunasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga qarashli Namangan  viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “ZILOL SILK” M.Ch.J va  Namangan shahridagi “VERIGROW IPAGI” M.Ch.J larida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbek ipagi” uyushmasining 2022-yil 08-iyul 4-2/1017 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada  ishlov berilayotgan mahsulotdan 98 % sifatli pilla olinishi  ta’minlangan, pillani quritish samaradorligi oshgan va mahsulot sifati yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish