Nazarova Matluba Abdurashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Maxalliy jun tolalaridan foydalanish ko‘lamini oshirgan holda isituvchi qatlamlar ishlab chiqarishning tadqiqi” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1653
Ilmiy rahbar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Kurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor;Fayzullaev Shavkat Rayimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Marg‘ilon tabiiy tolalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy jun tolalaridan foydalanib engil sanoat mahsulotlari uchun isciq saqlovchi matolar (isituvchi qatlam) ishlab chiqarishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy qo‘y junlaridan olingan dag‘al va yarim dag‘al jun tolalarini qayta ishlash orqali, kimyoviy tolalar aralashtirib, igna sanchish usulida yangi assortimentdagi sherstepon matosini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
tarkibida mahalliy jun tolasi hamda kimyoviy tola aralashmasidan uch xil qalinlikdagi issiqlik saqlovchi matolarni ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda to‘la omilli tajribalar (TOT) orqali matematik modeli olingan; 
mahalliy jun tolasi va kimyoviy tola aralashmasidan tayyorlangan issiq saqlovchi mato tarkibiga kiruvchi komponentlarni optimal ulushlari matematik rejalashtirish “Sheffe” matrisa usuli yordamida aniqlangan; 
mato tarkibi maqsadli boshqarilganda uning fizik-mexanik, gigenik xossa ko‘rsatkichlari o‘zgarishini hisobga olgan holda qishki mavsumdagi tikuv buyumlarida qo‘llashni texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy jun tolalariga, kimyoviy tolalar aralashtirib, qishki mavsumdagi tikuv buyumlari, ko‘rpa-to‘shaklar uchun issiq saqlovchi matolar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida: 
uch hil komponentli, optimal ulushlarda issiq saqlovchi mato ishlab chiqarish texnologiyasi “NURLI NIHOL CHASHMALARI” H/K da ishlab chiqarishga joriy qilingan. («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2022 yil 9 dekabrdagi 7/4235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqlikni saqlash xususiyati 6% ga oshishiga erishilgan; 
issiq saqlovchi matolar ishlab chiqarish jarayonida jun-poliestr kombinatsiyalashgan texnologiyasi “JIZZAX JUN” MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan. («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2022 yil 9 dekabrdagi 7/4235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy tola sarfi 50 % ga kamaytirilib, 70% mahalliy jun tolalaridan foydalanilganligi hisobiga havo o‘tkazuvchanlik xususiyati 4% ga oshishiga, iqtisodiy samaradorlik esa 10% ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish