Berdiev Qahramon Hakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1507.
Ilmiy rahbar: Misirov Kamoliddin Mamasabirovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardayev Abdunabi Xaliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda ustav kapitali miqdorini aniq hisobda aks ettirish maqsadida valyuta kursi bo’yicha farqlarni hisobga oluvchi 4620-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning chet el valyutasidagi ulushlarining kurs bo’yicha farqi» va 5230 - «Chet el valyutasi kursi bo’yicha farq» nomli ishchi sintetik schyotlarni hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlari faoliyatidan olingan daromadlarni taqsimlashda amaliyotga qo’llanib kelinayotgan 8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar» tarkibida alohida 8730- «Kapitallashtirilgan foyda» nomli ishchi sintetik schyotni hisob siyosatiga kiritish asoslangan;
xususiy kapital hisobotini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida retrospektiv to’g‘rilashlar hamda aksiyadorlik kapitalini sinfosti moddalariga ajratgan holda transformatsiya qilish taklif etilgan;
xususiy kapital audit rejasi va dasturi uning shakllantirish manbalari va yo’nalishlari hamda xususiy kapital tarkibidagi o’zgarishlar va rentabelligini aniqlashni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xususiy kapitalning buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish muammolari bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda ustav kapitali shakllantirishda chet el valyutasidagi ulushi kurs farqlari hisobining aniqligini ta’minlashda 4620-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning chet el valyutasi bo’yicha ulushi» va 5230 - «Chet el valyutasi kursi bo’yicha farq» nomli ishchi sintetik schyotlarni hisob siyosatiga kiritish taklifi «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o’z aksini topgan («Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 21 iyundagi 11/7495-son dalolatnomasi). Natijada, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar hisob siyosatida belgilangan buxgalteriya hisobi ishchi schyotlar rejasida kiritilishi, xorijiy investor tomonidan ustav kapitaliga chet el valyutasidagi ulushlarini hamda yuzaga keladigan kurs farqlarini hisobini yuritilishida ularning aniqliligini ta’minlagan va investorlar tomonidan xususiy kapitalga kiritilgan ulushlari to’g‘risida ishonchli ma’lumotlarni olish imkoni bergan;
xo’jalik sub’yekti faoliyatida olingan daromadlarni taqsimlashda amaliyotga qo’llanib kelinayotgan 8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar» tarkibida alohida 8730- «Kapitallashtirilgan foyda» nomli ishchi sintetik schyotni hisob siyosatiga kiritish taklifi «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o’z aksini topgan («Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 avgustdagi 11/10320-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy hisobotda aks ettirilgan ma’lumotlarning ishonchliligini oshiradi va taqsimlanmagan foydadan to’g‘ri foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirgan;
xususiy kapital hisobotini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida retrospektiv to’g‘rilashlar hamda aksiyadorlik kapitalini sinfosti moddalariga ajratgan holda transformatsiya qilish taklifi «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xususiy kapital shakillantirishda foydalanilgan («Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 21 iyundagi 11/7495-son dalolatnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatining o’tgan davrdagi xususiy kapital hisobi va hisoboti ma’lumotlarini MHXSlarida belgilangan «Xususiy kapitalning harakati to’g‘risidagi hisobot»dagi axborotlarning shaffofligi ta’minlanib, xorijiy investisiyalarning milliy bozorga kirib kelishi, investorlar manfaatini himoya qilish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida shakllantirish imkoniyatiga erishilgan; 
xususiy kapital audit rejasi va dasturi uning shakllantirish manbalari va yo’nalishlari hamda xususiy kapital tarkibidagi o’zgarishlar va rentabelligini aniqlashni kiritish asosida takomillashtirilgan bo’yicha taklifi «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xususiy kapital auditini o’tkazishda foydalanilgan («Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 23 avgustdagi 11/10320-son ma’lumotnomasi). Natijada auditning xalqaro standartlariga muvofiq xususiy kapital auditi o’tkazishga doir ishlab chiqilgan dastur va reja asosida auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ish sifati unumdorligini oshirish, sifatli auditorlik xulosasi hamda investorlar uchun ishonchli axborotlarni olish imkoniyatini yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish