Usmonov Botir Shukurillaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gaz oqimidagi uchuvchi apparat  irsiy – deformatsiyalanadigan konstruktiv  elementlari  tebranishlarining  ilmiy asoslari” (Nauchnie osnovi kolebaniy nasledstvenno-deformiruemix elementov konstruksii letatel`nix apparatov v gazovom potoke)», 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T535
Ilmiy maslahatchi: f.-m.f.d., prof. I.I.Safarov
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Mavlonov To‘lqin, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti Milliy tadqiqot universiteti “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor 01.02.04 Mirzaev Ibraxim, Toshent  davlat  transport universiteti “Amaliy mexanika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, professor 01.02.04 Ismayilov Kubaymurat, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor, 01.02.04
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  dinamik yuklanish ta’sirida bo‘lgan qovushoq-elastik muhit bilan kontaktda bo‘lgan doirasmon ko‘ndalang kesim yuzali silindrik inshootlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholashga qaratilgan algoritmni ishlab chiqish va hisoblash usullariini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz oqimidagi  uchuvchi apparatlar  konstruktiv elementlarining qovushqoq - elastiklik  xususiyatlarini hisobga olish asosida eleronli  uchuvchi apparat qanoti vibratsiyasining kritik tezligi (flatter) va kritik chastotasini topish nazariyasi rivojlantirilgan, hisoblash metodikasi yaratilgan; 
uchuvchi apparat qanotidagi  mahkamlangan tomonlar sonining oshishi hisobidan kritik flatter tezligi ortishi, Koltunov-Rjanisin yadrosidan foydalanganda esa bu tezlik ideal elastik plastinkaning kritik flatter  tezligiga nisbatan 15% ga ortishi aniqlangan; 
ilk marta nochiziqli tebranish(flatter) muammosini echish metodikasini ishlab chiqish natijasida,  qanotning  qovushqoq - elastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda, egilish, buralish bikrliklari  va massaning optimal  qiymatlarini aniqlash  imkoniyati yaratilgan. 
uchish-qo‘nish xavsizligini ta’minlash asosida materialning  qovushqoq-elastik egilishi, buralish qattiqligini ifodalovchi chiziqli bo‘lmagan tebranishlar (flatter) kritik tezliklarini topish metodikasi ishlab chiqilgan;
aerodinamik kuchlar ta’siridagi qanot dinamik holatini modellashtirish asosida uchuvchi apparatning   uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab muammosiz harakatlanishini ta’minlovchi korrelyasiya funksiyalarini hisoblash metodikasi  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz oqimidagi uchuvchi apparat  irsiy – deformatsiyalanadigan konstruktiv  elementlari  tebranishlarining  ilmiy  asoslarini    rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
dissertatsiyada ishlab chiqilgan  matematik modellar, raqamli algoritmlardan “Toshkent mexanika zavodi” AJda qurilmalarni loyihalashda foydalanilgan (Fuqaro aviatsiyasi agentligi huzuridagi parvozlar xavfsizligini sertifikatlashtirish va nazorat qilish boshqarmasining 2022 yil 10 oktyabrdagi 10-20/16-101 -sonli guvohnomasi). Natijada kompozit materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar uchun kritik tebranish  tezligi aniqlangan; 
kompozision materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiya holatini tahlil qilish va loyihalashda “Qo‘qon elektr nur jahon” MChJda foydalanilgan ( O‘z R qurilish vazirligi QEN “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” ma’lumotnomasi, 12sentyabr` 2022 yil,  №3). Natijada  kritik deformatsiya 2,5 baravargacha va konstruksiya buzilishining kritik vaqtini 1,7 barobarga oshishi topilgan;
materialning irsiy deformatsiyalanuvchanlik xususiyatlarini hisobga olgan holda konstruksiyalar elementlarining mustahkamligini ta’minlashda Buxoro muhandislik – texnologiya instituti Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-4-04 raqamli “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish – deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (2022 yil 14 oktyabr` №02/04-87-1030). Natijada, dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalarning qo‘llanilishi orqali ideal hamda qovushqoq suyuqlik oquvchi quvurlar tebranishining rezonans chastotalarini topish va baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish