Abloqulov Sherzodjon Zokir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Elektron konstruksiyalar elementlarini vibratsion yuklanishdan himoyalashning xususiyatlari” (Osobennosti zashhiti elementov konstruksiy elektronnoy apparaturi ot vibratsionnix nagruzok), 01.02.01–Nazariy mexanika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM503 
Ilmiy rahbar: Teshaev Muhsin Xudoyberdievich  fizika-matematika fanlari doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar:Korshunova Natal`ya Aleksandrovna fizika-matematika  fanlari doktori, professor; Husanov Qahramonjon fizika-matematika  fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron konstruksiya elementlarini vibratsion yuklanishdan himoyalashning analitik va sonli o‘rganish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish, xamda sonli natijalar olib taxlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushqoq-elastik mexanik sistema elementlarining erkin tebranishlar chastotalarining geometrik va fizik-mexanik parametrlariga bog‘liq o‘zgarishiga qiyosiy baho berish uchun differensial tenglamalar echimini garmonik ko‘rinishda qidirish orqali kompleks parametrli transsendent chastota  tenglamalari olingan; 
erkinlik darajasi chekli bo‘lgan dissipativ bir jinsli bo‘lmagan mexanik sistemalarning vibratsion yuklanish ta’siri ostida rezonans ro‘y berish holati mexanik sistema energiya dissipatsiyasiga bog‘liq tizimli tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan, polimer amortizatorlarni qo‘llash orqali sistemaning tebranish amplitudasini 30% gacha kamaytirilishiga erishilgan; 
ilk bora erkinlik darajasi chekli bo‘lgan dissipativ bir jinsli bo‘lmagan mexanik sistemalarning vibratsion yuklanish ta’siri ostida rezonans amplitudalarini so‘ndirish dinamik so‘ndirgichlar soniga va ularni o‘rnatish koordinatalariga bog‘liqligi aniqlangan; 
yig‘ilgan massalar bir-biri bilan massasiz elementlar orqali bog‘langan mexanik sistemada elementlarning dissipativlik xususiyatlarini hisobga olish orqali sistemaning rezonans tebranishlarini so‘ndirish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi elektron konstruksiya elementlarini vibratsion yuklanishdan himoyalash nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari va algoritm bo‘yicha olingan natijalar asosida:
konstruksiyalarda harakatlanuvchi kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan tebranishlar yoki titrashlarni kamaytirish maqsadida dissertatsiyada ishlab chiqilgan hisoblash usullaridan va metodikasidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy texnika dasturi doirasida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar tasirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (2022 yil 14 noyabrdagi 1/01-2739-sonli ma’lumotnoma). Natijada yuklanish ostida ishlovchi dissipativ bir jinsli yoki bir jinsli bo‘lmagan sistemalarda hosil bo‘ladigan rezonans jarayonlarini oldindan baholash hamda mos materialni tanlash imkonini bergan;
klassik yadrolardan foydalanib integro-differensial tenglamalar sistemasi echimlarini topishda Buxoro davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F4–02–“Matematik fizikaning holatlar to‘plami cheksiz bo‘lgan modellari termodinamikasi” fundamental loyihada foydalanilgan (2022 yil 7 dekabrdagi 04-04/01-2437- sonli ma’lumotnoma). Natijada topilgan analitik echim va dissertatsiyada ishlab chiqilgan metodikadan foydalanish orqali olingan echimlar orasidagi farq 15% dan oshmasligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish