Turdiev Maxmudjonning 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

1.Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ipak to‘qimalari ishlab chiqarishda tanda iplarini to‘qishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”  05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3212. 
Ilmiy rahbar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, k.i.h.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi  ipak to‘qimalarini ishlab chiqarishda tanda iplarini to‘qishga tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipak to‘qimalari ishlab chiqarishda to‘quv iplariga ikki bosqichli buram berish orqali tanda iplarini to‘qishga tayyorlash resurstejamkor texnologiyasi yaratilgan hamda eksperimental tadqiqotlar asosida buram berilgan iplarni tandalash jarayonining texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
piltalab tandalash mashinasi barabanida o‘ralayotgan ipdan kelayotgan qarshilikni ortishi bilan tebranish amplitudasi ham ortib borishi nazariy aniqlangan hamda masalani sonli echimi orqali tebranish chastotasi qarshilik kuchlari momentini tebranish chastotasiga mos bo‘lishi asoslangan;
texnologik qarshilik qiymatlari oshirilganida tandalash barabani burchak tezligi nochiziqli qonuniyatda kamaysa, burovchi moment qiymatlari nochiziqlik bog‘lanishda kamayishi sonli echim orqali aniqlangan;
to‘liq omilli tajribalar asosida iplar buramlari soni va tandalash tezligini o‘rnatish orqali yangi texnologiya bo‘yicha tandalash jarayonida tabiiy ipak iplari uzilishining adekvat regression matematik modeli olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy ipak tanda iplarini to‘qishga tayyorlash resurstejamkor texnologiyasini yaratish hisobiga olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy ipak tanda iplarini to‘qishga tayyorlashni takomillashtirilgan texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan «Ismoiljon gilamlari» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2022 yil 15 dekabrdagi № 2-2/2028 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tandalash jarayonida iplarning uzulishi 29,2 % ga, xomashyo chiqindilari 12,8 % ga kamayishiga, tandalash mashinasi unumdorligi 4,08 martaga oshishiga erishilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 13 ta ilmiy-texnik konferensiyalarda, shu jumladan 8 ta xalqaro va 5 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
V. Ixtiro patenti. «Tabiiy ipak tanda iplarini to‘quvchilikka tayyorlash usuli» nomli ixtiro patentiga» (№ IAP 06419, 29.01.2021 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 1-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish