Bekenova Gulchexra Tulegenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Statsionar sharoitda revmatoid artritni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalar strukturasi va ularning klinik-farmakologik auditi», 14.00.05–Ichki kasalliklar va 14.00.17–Farmakologiya va klinik-farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib27.
Ilmiy rahbarlar: Rizamuxamedova Mashxura Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artritli bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalaridan oqilona foydalanishga erishish samaradorligini miqdor va sifat jihatdan baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritda dori vositalaridan foydalanganda A, V va S tekshiruv guruhlarida klinik farmokologik auditi o‘tkazilib, kasallikni davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalarining solishtirma og‘irligi va standart davolash tizimining izdan chiqqanligi isbotlangan;
revmatoid artritda standart terapiya doirasida bazisli yallig‘lanishga qarshi vositalarda etarli bo‘lmaganda metotreksat dori vositasidan foydalanilish asosida komorbid patologiya sababli yuzaga keladigan monelik qiluvchi vaziyatning mavjudligi isbotlangan;
ravmatoid artritni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari A, V, S sinflar uchun noto‘g‘ri taqsimlanganligi, V sinfga kiruvchi dori vositalari ko‘p sarflaganligi (A sinf) va qolgan guruhlar esa kam foydalanilgan guruh sifatida asoslangan;
revmatoid artritni davolashda birinchi bo‘g‘inda dori vositalarini kam miqdorda ishlatilishi davolash tizimining izdan chiqishi hamda nogironlikning oshishiga sharoit yaratilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Statsionar sharoitda revmatoid artritni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalar strukturasi va ularning klinik-farmakologik auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Revmatoid artritni davolashning farmakoepidemiologik va farmakoiqtisodiy aspektlari» nomli uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 8N-3/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma revmatoid artritni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalar strukturasini tanlash va davolashning farmkoepidemiologik xususiyatlari hamda kasallikning tashxislash va davolash tizimining izdan chiqishi oqibatida yo‘qotiladigan sarf xarajatlarni va nogironlikning farmakologik audtini aniqlash imkonini bergan;
statsionar sharoitida revmatoid artritni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalar strukturasi va ularning klinik farmakologik auditini takomillashtirish usuli sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika Bosh revmatologiya markazi klinikasi, O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi shifoxonasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 8N-3/18-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi revmatoid artrit bilan xastalangan bemorlarni davolashda eng qulay davolash tizimi yaratilganligi va ushbu tizimning samaradorlik ko‘rsatkichi 18%ga kasallik davolash tizimini yaxshilash imkonini bergan.