Ahmadova Gulra’no Azim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy dumli amarant urug‘i va undan olingan moyni standartlash», 15.00.02-farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far67.
Ilmiy rahbar: Azizov Ismatdjan Kazimovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dumli amarant urug‘i (Amaranthus caudatus L.) va moyining kimyoviy tarkibini aniqlash, standartlashning yangi yondashuvlarini eksperimental va nazariy asoslagan holatda sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy dumli amarant urug‘i va moyi tarkibidagi asosiy biologik moddalar va ularning miqdori aniqlangan;
ilk bor «Dumli amarant urug‘i» xomashyosi va «Amarant moyi» dori vositasining standartlash usullari ishlab chiqilgan, chinligi va sifatiga oid mezonlar aniqlangan;
dumli amarant moyi ko‘rinishidagi dori vositasining sifat ko‘rsatkichlari me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi isbotlangan;
dumli amarant urug‘i va moyining mo‘’tadil saqlash muddati va sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy dumli amarant urug‘i va undan olingan moyni standartlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Dumli amarant urug‘i» dorivor o‘simlik xomashyosi uchun korxona farmakopeya maqolasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» Davlat markazi DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» Davlat markazi DUKning 2022 yil 4 apreldagi 29/01-145-son xati; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy xujjatning tasdiqlanishi tavsiya etilayotgan xomashyo asosida regenerativ xususiyatga ega bo‘lgan dori vositasi ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Amarant moyi» dori vositasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV xuzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» Davlat markazi DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish» Davlat markazi DUKning 2022 yil 4 apreldagi 29/01-145-son xati; Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ushbu me’yoriy xujjatning tasdiqlanishi regenerativ xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Amarant moyi» dori vositasining spesifik farmakologik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli terini qayta tiklovchi bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.