Samedinov Rustem Selyametovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Acafetida saqichining (Gummi ferulae assa-foetidae) farmakologik xususiyatlarini o‘rganish», 14.00.17 - Farmakologiya va klinik farmakologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Far58.
Ilmiy rahbar: Nabiev Abdivali Nabievich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ferula assa-foetida saqichi asosidagi «Asfervon» substansiyasining farmakologik xususiyatlari hamda xavfsizligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Asfervon»ning erkak kalamushlarda periferik gonadotrop ta’siri aniqlangan;
«Asfervon» substansiyasining kalamushlar spermatoziodlarini miqdoriy va sifat jihatdan yaxshilash xususiyati isbotlangan;
«Asfervon» substansiyasining kalamushlar qonidagi testosteron miqdorini pasaytirish xususiyati aniqlangan;
«Asfervon» substansiyasining prostatoprotektiv faolligi aniqlangan va «Prostamol Uno» (R.P.Scherer, GmbH & Co.KG, Germaniya) xorijiy preparati bilan taqqoslaganda ushbu samaradorlik bo‘yicha kam emasligi isbotlangan;
Ferula assa-foetida o‘simligining saqichi asosidagi «Asfervon» substansiyasining tajriba oq kalamushlarda immunitetni rag‘batlantirish xususiyati, ya’ni qon zardobidagi immunoglobulin (lgG) miqdorini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Acafetida saqichining (Gummi Ferulae assa-foetidae) farmakologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Spesificheskaya aktivnost` preparata Asfervon» (13.12.2021 y., №8 n-p/1290) uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 08-35529-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy-uslubiy tavsiyalar ilmiy-tadqiqot institutlarining farmakologiya laboratoriyalari, shuningdek tibbiyot, farmatsevtika va biologiya universitetlari uchun eksperimental material bo‘lib xizmat qiladi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida Asfervon substansiyasining gonadotrop, spermatogen, prostata himoyalovchi, yallig‘lanishga qarshi hamda immun tizimini stimullovchi spesifik faolliklari va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, mahalliy xom ashyo asosida yangi dorivor substansiyani ishlab chiqarish imkonini bergan.