Safarov Elyorbek Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kungaboqar donlarini quritish uchun kombinatsiyalashgan energiya tejamkor apparat  ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat sanoati jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1582.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Djalolitdin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurmuhammedov Habibullo Sa’dullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Tashbaev Nazim Tulaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kungaboqar donlarini quritish apparati konstruksiyasi va texnologik jarayonni takomillashtirish orqali quritish jarayonining samaradorligini oshirish va energiya iste’molini kamaytirish, baraban tipidagi don quritgich parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kungaboqar urug‘larini quritish uchun quyosh issiqlik energiyasidan qo‘shimcha foydalanish hisobiga quritish samaradorligini oshirish va elektr energiya iste’molini kamaytirish imkonini beradigan baraban tipidagi kombinatsiyalashgan apparat konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
    tajribani rejalashtirish usuli asosida ishlab chiqilgan quritkichda kungaboqar urug‘larini quritish jarayoni uchun aniq tajriba qiymatlarini olish imkonini beradigan tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazish uslubi ishlab chiqilgan;  
ishlab chiqilgan quritkichda kungaboqar urug‘larini quritish jarayonida tajribani ikkinchi tartibli rotatabelli rejalashtirish usuli asosida namsizlantirishni bashorat qilish imkonini beradigan empirik matematik modellar ishlab chiqilgan;    
kungaboqar urug‘larini quritishda tajribani chiziqli regression tahlil qilish asosida kollektordagi havoning qo‘shimcha qizishini quritkichning energiya tejamkorligiga ta’sirini ko‘rsatuvchi matematik model ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kungaboqar donlarini quritish uchun kombinatsiyalashgan energiya tejamkor apparat  ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
kungaboqar donlarini quritish uchun kombinatsiyalashgan barabanli quritish apparati uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP 06976, 2022 y.). Natijada, ishlab chiqilgan apparat yig‘ishtirib olingan kungaboqar donlarini tez va sifatli quritish imkonini bergan;   
ishlab chiqilgan kungaboqar urug‘larini quritish apparati Andijon viloyati Baliqchi tumani “Paxtakor oltin tuprog‘i”, “To‘lqinov Mirziyo Bog‘lari”  va “Xolmirza Boltaboev Ishonchi” fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 dekabrdagi 07/31-9452-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh issiqlik energiyasidan qo‘shimcha foydalanish hisobiga elektr energiya iste’molini 691 Vt∙soatgacha iqtisod qilish, quritish jarayoni 1,3 barobarga tezlashib, quritish vaqti 15% ga qisqarish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish