Sultonov Oybek Sultonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Yu802.
Ilmiy rahbar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Salaev Nodirbek Saparbayevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqni muxofaza qiluvchi organlar subyekti bo‘lgan dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish, bu borada prokuror nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini amalga oshirishda jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga imkon yaratgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida mas’ul davlat organlariga taqdimnomalar kiritishni tartibga soluvchi jinoyat-protsessual qonunchilik normalarini takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan;
tergov va surishtiruv xodimlarining jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, qonuniy, adolatli va xolis tergov qilishdagi rolini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va tergov qilishning ilg‘or tajribasini ommalashtirish, o‘z kasbiy mahoratini maqsadli va muntazam ravishda oshirib borishga yo‘naltirish hamda xodimlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qo‘shayotgan hissasi uchun munosib rag‘batlantirish maqsadida maxsus malaka darajasini belgilash mezonlari va uni berish tartibiga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan;
jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borilishini ta’minlash uchun dastlabki tergov hamda tezkor-qidiruv xodimlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ushbu jarayonga birdek dahldorlik munosabatini shakllantirish va ularning jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash majburiyatini yanada oshirish maqsadida jinoyat-protsessual qonunchilikning masxus moddasiga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni to‘laqonli bartaraf eitilishini, kelgusida bu kabi jinoyatlarni takroran sodir etilmasligini ta’minlash hamda bu borada barchaning birdek mas’uliyatini oshirish maqsadida ish bo‘yicha kiritiladigan taqdimnomalarning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ularni muhokama etilishi natijalarini talab qilib olishi shartligi hamda ijrochi tashkilotga topshiriqni muddatida so‘zsiz bajarish majburiyatini yuklash haqida jinoyat-protsessual kodeksiga taklif ishlab chiqilgan;
davlat va jamiyat manfaatlari, shuningdek fuqarolarning huquqlarini ta’minlash maqsadida tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida taqdimnomani kiritgan mas’ul shaxs, oshkor etilmaydigan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi yuzasidan taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dastlabki tergov organlarining jinoyatlarni profilaktikasi faoliyatiga oid nazariy-huquqiy bilimlarni rivojlantirish hamda qonun normalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini amalga oshirishda jinoyat sabablari va uning kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida mas’ul davlat organlariga taqdimnomalar kiritish bilan bog‘liq jinoyat-protsessual qonunchilik normalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, DXX, Oliy sud, Davlat bojxona qo‘mitasi raislari va IIVning «Jinoyat ishi yuritish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qo‘shma ko‘rsatmasining 13-bandi shakllantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2022-yil 2-dekabrdagi 27/2-312-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi dastlabki tergov organlari tomonidan ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Taqdimnomalarni kiritishda oshkor etilmaydigan holatlarni inobatga olishi, jumladan: davlat sirlari mavjud bo‘lgan yoki maxfiylik darajasi berilgan jinoyat ishlari bo‘yicha davlat sirlari oshkor qilinishi yoxud maxfiylik qoidalari buzilishiga, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar bo‘yicha jabrlanuvchining shaxsi va yashash joyi oshkor qilinishiga hamda fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarning oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutildi. Bu bilan, dastlabki tergov organlari huquqbuzarliklarning sodir etilishining tub sabablari aniqlash va unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish tizimiga yangicha yondashuvni shakllantirish, bunda tergovchi faqatgina tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritish bilan cheklanib qolmasdan, jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, davlat sirlarini oshkor etilishini oldini olishga oid profilaktik tadbirlarni adolatli tashkillashtirilishini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va muassasalarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish mexanizmalari va tartiblari ishlab chiqilib, qonunosti normalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandi shakllantirililgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 2 dekabrdagi 12-15-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizm va tartiblarni joriy etish orqali, jinoyat ishlari muhokamasida oshkor etilishi hamda muhokama qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda;
tergov va surishtiruv xodimlarining jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, qonuniy, adolatli va xolis tergov qilishdagi rolini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va tergov qilishning ilg‘or tajribasini ommalashtirish, o‘z kasbiy mahoratini maqsadli va muntazam ravishda oshirib borishga yo‘naltirish hamda xodimlarni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qo‘shayotgan hissasi uchun munosib rag‘batlantirish maqsadida, maxsus malaka darajasini belgilash mezonlari va uni berish tartibiga oid ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-sentyabrdagi 727-son bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bandi 4-xatboshisi shakllantirililgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-dekabrdagi 12-15-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur mezon va tartiblarni joriy etish orqali, tergov va surishtiruv xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov ishlarining yuritilishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek o‘z faoliyatiga oid boshqa vazifalarni bajarishning sifati va hajmini baholash va ushbu sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish mumkinligi asoslab berilgan;
Qurolli Kuchlar, davlat xavfsizligi va bojxona organlarida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda bu borada ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish yuzasidan Bosh prokurorning buyruqlariga tegishli o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qurolli Kuchlar, DXX va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi 241-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandi 5-xatboshisi shakllantirililgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasining 2022-yil 2-dekabrdagi 7/09-37-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini hamda yaqin hamkorligini va uyushgan holda ishlashini ta’minlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirilishiga, shu jumladan bu borada ko‘rilayotgan choralarni baholanishiga, monitoring qilinishiga va ularning samaradorligini oshirilishiga, tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlar aniqlanishiga, tahlil qilinishiga hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirilishi yo‘li bilan bartaraf etilishiga xizmat qilgan;
dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy xujjat – O‘zbekiston Respublikasi JPKning Oltinchi bo‘limi, 36-bobi va undagi moddalarning nomi hamda ularning mazmunini qayta ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunining talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasi JPKning Oltinchi bo‘limi, 36-bobi va moddalari shakllantirililgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2022-yil 23-dekabrdagi 27/2-356-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar dastlabki tergov organlarining jinoyatlarni oldini olish hamda profilaktika borasida amaliyotda shakllangan beparvolik munosabatini bartaraf qilish, ish bo‘yicha profilaktik vazifalarni ketma-ketligini yaratish, shu orqali bu yo‘nalishni muvofiqlashtirish hamda jinoyat protsessual qonunchilikdagi bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish