Tashpulatov Aybekning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qishloq mehnat bozorining samarali rivojlanishini kompleks tahlil etish va prognozlashtirish (Farg‘ona viloyati misolida),
08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Iqt.137.
Ilmiy maslahatchi: Xolmo‘minov Shoyzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Zoir Xudayberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarova Muqaddas Abbasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida alohida olingan hududda qishloq mehnat bozorining samarali rivojlanishini iqtisodiy-statistik kompleks ochib berish va prognozlashtirish uslubiyotini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“mehnat bozoridagi keskinlik darajasi”, “uzoq muddatli ishsizlik”, “inklyuziv bandlik” va “kam daromadli ishchi kuchi” kabi muhim indikatorlar orqali qishloq mehnat bozorining holati va uning dinamik rivojlanishini iqtisodiy-statistik hamda ekonometrik tahlil etishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlari tizimi takomillashtirilgan;
xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga muvofiq bo‘lgan qishloq mehnat bozorining rivojlanish darajasini ifodalovchi asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlarini iqtisodiy-statistik tahlil etish asosida respublikada ilk bor “aholining ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha tumanlar reytingi”ni aniqlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
mehnat bozorining istiqboldagi ko‘rsatkichlarni prognozlashtirishda aniqlangan imitatsion modellari tarkibi qishloq aholisining bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan “iqtisodiy o‘sish” modeli orqali takomillashtirilgan;
rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorini tahlil etish asosida aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda muhim infratuzilmalaridan biri hisoblangan “rekruting” firmalarining faoliyat sohalarini va ko‘lamini kengaytirish zaruriyati asoslangan;
qishloq mehnat bozorida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish va malakali ishchi kuchi taklifini oshirishning prognoz parametrlarini aniqlash asosida Farg‘ona viloyatida qishloq mehnat bozori samarali rivojlanishining 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq mehnat bozori samarali rivojlanishini kompleks tahlil etish va prognozlashtirish uslubiyotini ishlab chiqish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
“mehnat bozoridagi keskinlik darajasi”, “uzoq muddatli ishsizlik”, “inklyuziv bandlik” va “kam daromadli ishchi kuchi” kabi muhim indikatorlar orqali qishloq mehnat bozorining holati va uning dinamik rivojlanishini iqtisodiy-statistik hamda ekonometrik tahlil etishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 01/00-03/16-7975-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida qishloq mehnat bozorini samarali rivojlanishini kompleks statistik tahlil etish uslubiyotidan foydalangan holda Farg‘ona viloyatida qishloq mehnat bozorining holati va rivojlanish dinamikasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning iqtisodiy-statistik tahlili amalga oshirilgan;
xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga muvofiq bo‘lgan qishloq mehnat bozorining rivojlanish darajasini ifodalovchi asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlarini iqtisodiy-statistik tahlil etish asosida respublikada ilk bor “aholining ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha tumanlar reytingi”ni aniqlash uslubiyoti bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 01/00-03/16-7975-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholisi zich joylashgan, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo‘lgan Farg‘ona viloyatidagi 15 ta tumanlarning aholining ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha reytingi aniqlangan;
mehnat bozorining istiqboldagi ko‘rsatkichlarni prognozlashtirishda aniqlangan imitatsion modellari tarkibi qishloq aholisining bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan “iqtisodiy o‘sish” modeli orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 01/00-03/16-7975-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025 yilga borib ishchi kuchining mehnat unumdorligi 1,21 martaga ortib, o‘rtacha 41,1 million so‘mni tashkil etishi hamda tumanlarda aholining bandlik darajasining qo‘shimcha o‘sish sur’ati 24,2 foizni tashkil etishi aniqlangan;
rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorini tahlil etish asosida aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda muhim infratuzilmalaridan biri hisoblangan “rekruting” firmalarining faoliyat sohalarini va ko‘lamini kengaytirish zaruriyati bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 01/00-03/16-7975-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotda qo‘llanilishi mehnat bozorida aholini ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-uslubiy asoslarini shakllantirishga hamda mamlakatimizda aholini ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan 100 dan ortiq xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining samarali faoliyat yuritishiga xizmat qilgan;
qishloq mehnat bozorida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish va malakali ishchi kuchi taklifini oshirishning prognoz parametrlarini aniqlash asosida Farg‘ona viloyatida qishloq mehnat bozori samarali rivojlanishining 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 01/00-03/16-7975-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatida ortiqcha ishchi kuchining bandligi, yangi ish o‘rinlarini barpo etish va malakali ishchi kuchining dinamikasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtirgan 2022-2025 yillarda qishloq mehnat bozorini samarali rivojlantirishning asosiy soha va yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan.