Rustamov Maqsud Suvonqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt310.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlarini kreditlashda ishtirok etgan tashkilotlar o‘rtasida riskni teng taqsimlash taklif etilgan;
bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga kredit ajratishda markazlashgan anderrayting xizmatini joriy etish taklifi asoslangan;
bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga kredit ajratishda olayotgan kreditga nisbatan garov ta’minoti 200 foizdan ortganda bank tomonidan mijozga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida foiz to‘lovini kamaytirish yoki imtiyozli davrini uzaytirish zarurligi asoslangan;
kichik biznes sub’ektlarini portfel kredit liniyasi usuli orqali kreditlashda bir necha xil kredit turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish to‘g‘risidagi taklif etilgan;
maxsus fondlar kafolati ostida kichik biznes sub’ektlariga kreditlar ajratishda zaxira miqdorini kamaytirish orqali yangi aktivlarni kreditlashga yo‘naltirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
kichik biznes sub’ektlarini kreditlashda ishtirok etgan tashkilotlar o‘rtasida riskni teng taqsimlash taklifi «Mikrokreditbank» ATBning 2021 yil uchun «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 28 sentyabrdagi 10-16/15077-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar o‘z vaqtida qaytarilishiga erishilgan va muddati o‘tgan kreditlar salmog‘i kamayishiga xizmat qilgan;
bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga kredit ajratishda markazlashgan anderrayting xizmatini joriy etish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning 2021 yil uchun «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 28 sentyabrdagi 10-16/15077-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonida kredit ajratish bosqichlari 6 tadan 3 taga, muddati loyiha qiymati va maqsadidan kelib chiqib, 10 kundan 1 kungacha qisqartirish imkoniyati yaratilgan;
bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga kredit ajratishda olayotgan kreditga nisbatan garov ta’minoti 200 foizdan ortganda bank tomonidan mijozga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida foiz to‘lovini kamaytirish yoki imtiyozli davrini uzaytirish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning 2020 yil uchun «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 28 sentyabrdagi 10-16/15077-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi bank mijozlari soni ortishiga xizmat qilgan;
kichik biznes sub’ektlarini portfel kredit liniyasi usuli orqali kreditlashda bir necha xil kredit turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish to‘g‘risidagi taklifi «Mikrokreditbank» ATBning «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 28 sentyabrdagi 10-16/15077-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznesga berilgan kreditlar ulushi 2019 yilda 707,950 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 754,963 mln. so‘mni tashkil etgan yoki 6,2 foizga oshishiga olib kelgan va kichik biznes sub’ektlarini kredit olish jarayonida ortiqcha hujjatlashtirishni kamaytirishga xizmat qilgan;
maxsus fondlar kafolati ostida kichik biznes sub’ektlariga kreditlar ajratishda zaxira miqdorini kamaytirish orqali yangi aktivlarni kreditlashga yo‘naltirish taklifi «Mikrokreditbank» ATBning «Bank strategiyasi» va «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» ATBning 2022 yil 28 sentyabrdagi 10-16/15077-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik biznesni kreditlashda resurs muammosini hal qilish imkoniyati yaratilgan.