Aysachev Abdulfotix Abdulfaizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish samaradorligini statistik baholash (Andijon viloyati misolida)”,
08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt 939.
Ilmiy rahbar: Madraximov Ulug‘bek Abduxalilovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: hududlarda qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish samaradorligini statistik baholash hamda istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tizimli statistik baholash uslubini qo‘llash hisobiga hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ilk bor dinamik jarayonlarni haqqoniy baholash qamrovini kengaytiruvchi jamlama statistik ko‘rsatkichlar tizimi
ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli statistik tahlil usullaridan foydalanish asosida hududlardagi qishloq xo‘jaligi sub’ektlari samaradorligini statistik baholashning integrallashgan ko‘rsatkichlari (jamlama, integral, xususiy va natural) taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimining “ko‘p o‘lchovli o‘rtacha ko‘rsatkichlarining kompleks modeli”
taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘i asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlar (yalpi hosil, hosildorlik, foyda, foydalilik darajasi va boshqalar)ning ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida 2022-2025 yillar uchun o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda qishloq xo‘jaligi samaradorligini statistik baholash va ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tizimli statistik baholash uslubini qo‘llash hisobiga hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ilk bor dinamik jarayonlarni haqqoniy baholash qamrovini kengaytiruvchi jamlama statistik ko‘rsatkichlar tizimi
bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 iyundagi 01/1-11-19-101–son ma’lumotnomasi). Bu esa hududlarda qishloq xo‘jaligi sohalarining rivojlanish darajasi, ularning asosiy tendensiyalaridagi o‘zgarishlarni kompleks statistik baholash imkonini bergan;
ko‘p omilli statistik tahlil usullaridan foydalanish asosida hududlardagi qishloq xo‘jaligi sub’ektlari samaradorligini statistik baholashning taklif etilayotgan integrallashgan ko‘rsatkichlari (jamlama, integral, xususiy va natural) bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 iyundagi №01/1-11-19-101 –sonli ma’lumotnomasi) hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun tadbiq etilgan (Andijon viloyati statistika boshqarmasining №01/1-01-06/3-834 –sonli ma’lumotnomasi). Bular hududlarda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini statistik hisobga olishda zamonaviy usullarni qo‘llash, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari va indikatorlarini hisoblashning statistik uslubini takomillashtirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimining “ko‘p o‘lchovli o‘rtacha ko‘rsatkichlarining kompleks modeli”
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 22 iyundagi 01/1-11-19-101–son ma’lumotnomasi) hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi amaliy faoliyatiga qo‘llash uchun tadbiq etilgan (Andijon viloyati statistika boshqarmasining 01/1-01-06/3-834 –son ma’lumotnomasi). Bular hududlarda statistik tahlilning zamonaviy usullaridan foydalanish darajalarini kengaytirgan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘i asosiy rivojlanish tendensiyalaridagi natijaviy ko‘rsatkichlar (yalpi hosil, hosildorlik, foyda, foydalilik darajasi va boshqalar)ning ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida o‘rta muddatli 2022-2025 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari instituti o‘quv-ilmiy faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari institutining 2021 yil 20 martdagi 01/1-15/2-322 –son ma’lumotnomasi). Bu esa hududlardagi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i va uning sohalarini kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini kompleks baholash imkoniyatlarini oshirgan.