Toreniyazova Venera Smagulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy  Orolbuyi cho‘l zonasining asal-shirali o‘simliklari (ekologiyasi, bioxilma-xilligi, muhofaza qilish va oqilona foydalanish)», 03.00.10 – Ekologiya  (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/B494.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Xo‘janazarov Uktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi cho‘l zonasida asal-shirali o‘simliklarning ekologiyasi, biologik xilma-xilligi, muhofazasi va ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini (Ustyurt platosi misolida) ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi cho‘l zonasida (Ustyurt platosi) tarqalgan asal-shirali o‘simliklarning 13 oila, 20 turkumga mansub 27 turi aniqlangan;
ilk bor Ustyurt hudidida asal-shirali o‘simliklarning ekologik-senotik, biotopik  xususiyatlari aniqlangan va ularning xo‘jaliktagi ahamiyatli turlari baholangan;
Orolbo‘yi cho‘l fitotsenozlarida asal-shirali o‘simliklarining hayotiy shakllari va mavsumiy fenospektri aniqlangan;
tabiiy asal-shirali o‘simliklarning bioresurs potensialini baholash asosida ulardan xo‘jalik ahamiyatiga ega turlarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi cho‘l zonasining asal-shirali o‘simliklarining ekologiyasi, biologik xilma-xilligi, muhofazasi va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orolbo‘yi cho‘l zonasida ekologik omillarining asal-shirali o‘simliklarning hosildorligini, o‘simliklarining tarkibini aniqlash, kompleks baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 25 fevraldagi 02/18-554-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik dunyosining bioxilma-xilligini saqlash va monitoring qilish, Janubiy Orolbo‘yi tabiiy ekotizimlaridagi ilmiy asoslangan asal-shirali o‘simliklarining asal plantatsiyalarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
tabiiy resurslardan ratsional foydalanish yo‘llari va istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha Ustyurt platosi qoraqalpoq qismidagi asal-shirali o‘simliklarni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining amaliyotiga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2022 yil 1 martdagi 112-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy asal-shirali o‘simliklarning bioresurs potensialini baholash asosida, ulardan xo‘jalik ahamiyatiga ega turlarini muhofaza qilish va tabiiy ozuqa resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish