Tileumuratova Biybinaz Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida yovvoyi dorivor o‘simliklar holatiga antropogen omillarning ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya  (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD/B673.
Ilmiy rahbar: Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovich, biologiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Mamutov Nizamatdin Karamatdinovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yovvoyi dorivor o‘simliklar holatiga antropogen omillarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dorivor o‘simliklarning namunaviy turlari populyasiyalarining miqdoriy ko‘rsatkichlari, ularning barqarorligi va rekreatsion ta’sirdan keyin tiklanish darajasi baholangan va o‘simliklar populyasiyalaridan foydalanishga ruxsat etilgan antropogen ta’sir me’yorlari aniqlangan;
ilk bor turlarning xomashyo zaxiralaridan olish mumkin bo‘lgan yillik hajmlarining dinamikasi  aniqlangan va Qoraqalpog‘iston hududidagi istiqbolli o‘simlik jamoalarning joylashuv holati GAT texnologiyasi asosida ilmiy tavsiflangan;
dorivor o‘simlik turlarning iqtisodiy jixatdan xom-ashyo fitomassasi qiymatining ekologik amplitudasi va biologik parametrlariga (proektiv qoplami, namunaning rivojlanish darajasi  va mahsuldorligi) o‘rganilayotgan o‘simlik turlari uchun fitotsenotik optimal  regressiya modellari tuzilgan; 
dorivor o‘simliklarning biologik xilma-xilligi bo‘yicha antropogenezning shakllanish mexanizmlari aniqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida bioxilma-xillikni saqlash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida yovvoyi dorivor o‘simliklarga antropogen ta’sirni baholashga qaratilgan ilmiy yondashuvlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida yovvoyi dorivor o‘simliklar holatiga antropogen omillarning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning holati va ularning bioxilma-xilligini saqlashning ekologik monitoringini o‘tkazishning ilmiy asoslangan metodologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligining 2022 yil 8 yanvardagi 01/18-32-son ma’lumotnomasi.). Natijada, floristik xilma-xillikni kuzatish va antropogen omillar ta’sirida o‘simliklarning o‘zgarishini bashorat qilish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston hududida dorivor o‘simliklarning yovvoyi turlarining o‘sishi va rivojlanishiga antropogen omillarning ta’sirini miqdoriy baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Urmon xo‘jaligi qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2022 yil 7 yanvardagi 13-son ma’lumotnomasi).  Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekotizimlarning ekologik monitoringini o‘tkazish maqsadida dorivor o‘simliklarning yovvoyi holda o‘sadigan turlarining populyasiya xilma-xilligiga ta’sir etuvchi asosiy antropogen omillarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish