Dauilbaeva Kulshat Kenesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbuyi stafilinidlarining (Coleoptera, Staphylinidae) ekologik-faunistik tavsifi», 03.00.10 – Ekologiya, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1 PhD/B135.
Ilmiy rahbar: Bekbergenova Zaxira Omirbekovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.02/30.04.2021.B.79.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Allamuratov Bauatdin, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi stafilinidlarining (Coleoptera, Staphylinidae) xususiyatlariga ekologik-faunistik tavsif berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yidagi stafilinidlar oilasining 8 kenja oila, 17 tribaga mansub 40 avlodlarining 98 qo‘ng‘iz turlaridan iborat ekologik-faunistik ro‘yxati tuzilgan;
ilk bor Janubiy Orolbo‘yi faunasi uchun yangi turlar Platystethus degener Muls& Rey, 1878. Carpelimus politus Keisw., 1850 Carpelimus heydeni Klima., 1904 Bledius fossor Heer., 1839. Bledius (Pucerus) verres Er., 1839, Scopaeus asiaticus Bh., 1913 aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi tabiiy biotsenozlar va agrotsenozlaridagi stafilinidlarning biotoplar bo‘yicha tarqalishlari aniqlangan;
ekologik omillar parametrlari bo‘yicha, oziqlanish turiga va mavsumiy o‘zgarishiga qarab, Janubiy Orolbo‘yi stafilinidlarining ekologik xususiyatlari aniqlangan, asosiy ekologik guruhlari ajratib ko‘rsatildi va ularni ishlab chiqarishning mexanizmlari aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi stafilinidlarning zoogeografik tarqalishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi stafilinidlarining (Coleoptera, Staphylinidae) ekologik-faunistik tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbo‘yi stafilinidlarining (Coleoptera, Staphylinidae) tabiiy biotsenozlarda tarkalishining xozirgi xolati buyicha olingan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 maydagi 02/18-1062-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi ekosistemalaridagi suksession protsesslarni hamda stafilinid qo‘ng‘izlarining tur tarkibi va biotopik taqsimlanish xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida har xil kemiruvchilar inidagi stafilinidlarning tur tarkibi va tarqalishi bo‘yicha olingan ma’lumotlar Korakalpogiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 18 martdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi hududida infeksiya o‘choqlari shakllanishida ishtirok etuvchi o‘lat infeksiyasining tarqalishining epidemiologik xarakterdagi profilaktik muammolar echimi bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish imkonini bergan;
to‘qay ekotizimining barqarorligini oshirishga imkon beruvchi to‘qay zararkunandalariga qarshi kurashda ishlab chiqilgan uslubiy materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligining 2020 yil 24 dekabrdagi 568-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qaydagi daraxtlar va daraxtlar majmualarining asta-sekin siyraklashuvi va qurishiga olib keluvchi to‘qay zararkunandalarning tabiiy regulyatorlarini aniqlash imkonini bergan.