Ajiev Alisher Baxtibaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston va Xorazmning madaniy o‘simliklarining yovvoyi ajdodlari va ularni muxofaza qilish», 03.00.10 – Ekologiya, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/V149.
Ilmiy maslahatchilar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xojimatov Olimjon Kaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.02/30.04.2021.B.79.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor; Markov Mixail Vital`evich, biologiya fanlari doktori, professor; Xujanazarov Uktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati madaniy o‘simliklarining yovvoyi ajdodlarining horologiyasini kompleks ekologik tahlil qilish hamda ularni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati florasidagi MO‘YoAning ekologik xususiyatlari va taksonomik tarkibi aniklangan, hamda turlarning xo‘jaliktagi ahamiyati tavsiflangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlarining 10 turining yangi joylari aniqlangan;
39 oyla, 117 avlodga mansub 171 turdagi noyob va endemik MO‘YoA turlarining konspekti tuzilgan, shu jumladan xo‘jalik jihatdan qimmatli turlar guruxlari - Chenopodiaceae-27, Poaceae-25, Fabaceae-15, Asteraceae va Brassicaceae-13 turdan va Polygonaceae-7 tur aniqlangan;
ilk bor Rossiya Federatsiyasi Gerbariy fondlarining noyob kolleksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlarining turlari bilan boyitilgan;
geobotanik yondoshuv asosida O‘zbekistonning barcha hududlari uchun MO‘YoA o‘simliklar jamoalarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati areal chegarasidagi xo‘jalik qimmatli MO‘YoA turlarining GAT xaritalari yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining madaniy o‘simliklarining yovvoyi ajdodlari tahlil qilish va ularni muxofaza qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlarini o‘rganish va ularni in situ muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Qo‘mitasining 2020 yil 23 avgustdagi 02/18-1-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit holatining ekologik monitoringi dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida madaniy o‘simliklarning 10 turdagi yovvoyi ajdodlarining yangi joylashuvlari bo‘yicha olingan natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi faoliyati amaliyotida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2021 yil 16 apreldagi 223-son ma’lumotnomasi). Natijada, hudud florasining boy genofondini saqlashga, o‘simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan; 
madaniy o‘simliklarining yovvoyi ajdodlari bo‘yicha tuzilgan konspekt va hujalik-kimmatli turlar guruxlari bo‘yicha aniqlamalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 apreldagi 01/07-3-155-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik resurslarini, xususan, Qoraqalpog‘istonning xo‘jalik ahamiyatiga molik madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlarini muhofaza qilish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;  
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining madaniy o‘simliklarining yovvoyi ajdodlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy va uslubiy tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 20 maydagi 02/013-1273-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik resurslarini, xususan, Qoraqalpog‘istonning xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlarini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish