Ibragimova Akida Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshdagi bolalarda aminoglikozidlardan so‘ng rivojlanuvchi sensonevral eshitish zaifligining omillari», 14.00.04-Otorinolaringologiya, 14.00.33-Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib2659.
Ilmiy rahbarlar: Xasanov Ulugbek Saydakromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Chağlar Batman, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya); Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg quloq, burun, tomoq va nutq patologiyasi ilmiy tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Erta yoshdagi bolalarda rivojlanuchi sensonevral eshitish zaifligi mexanizmlari xususiyatlarini urganish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eksperiment sharoitida sensonevral eshitish zaifligi rivojlanishi va ROS intensivligi hamda qondagi apoptoz belgilarining bog‘liqlik aloqasi isbotlangan;
perilimfada ROS avlodining ahamiyati, uning FL tarkibidagi o‘zgarishlar, MDA, SMP to‘planishi va eksperimental ototoksik eshitish zaifligini kelib chiqish mexanizmlari rivojlanish patogenezida AOS holati aniqlangan;
ilk bor tajriba sharoitda perilimfani o‘rganishda aminoglikozidlar ta’siri ostida zaharlanishining rivojlanish mexanizmi, xujayra membranasini destruksiya (butunligini buzish) jarayoni va uni fosfolipidlar bilan modulyasiya qilish asoslangan;
aminoglikozid antibiotiklarini qabul qiluvchi erta yoshdagi bolalarda muhim fosfolipidlarning ijobiy ta’siri qondagi ROS darajasi va apoptoz belgilari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aminoglikozid antibiotiklari bilan davolangan erta yoshdagi bolalarda sensonevral eshitish zaifligining diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sensonevral eshitish zaifligi bilan og‘rigan bemorlarda eshitish buzilishlarini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Aminoglikozidlarni qo‘llashda sensonevral eshitish zaifligini oldini olish uchun fosfolipidlardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 8n-r/616-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya sensonevral eshitish zaifligi bilan og‘rigan bemorlarda eshitish buzilishlarini har tomonlama baholashga imkon beradi, topik tashxisni tovush analizatorining periferik qismidan markaziy qismlariga aniqlash imkonini bergan;
eshitish qobiliyati va vestibulyar funksiya dori vositalarini foydalanishda holatini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda sensonevral zaifligi rivojlanishining asosiyo mexanizmlari va uning profilaktikasi fosfogliv preparatini qo‘llash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 sentyabrdagi 8n-r/615-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya eshitish qobiliyati va vestibulyar funksiya uchun umumiy qabul qilinganlar bilan birgalikda muayyan terapevtik vositalardan foydalanishni aniqlash imkonini bergan;
erta yoshdagi bolalarda aminoglikozidlardan so‘ng rivojlanuvchi sensonevral eshitish zaifligi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand shahridagi ODMK klinik amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi 8n/z-537-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash erta yoshdagi bolalarda sensonevral eshitish zaifligi asoratlarini aniqlash, tashxislash, davolash va oldini olish samaradorligini oshirish imkonini bergan.