Tursunov Jo‘rabek Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/PeD2199.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qodirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik tuzilmasi yetakchi sifat tarzida fleksibillikni (moslashuvchanlik, refleksivlik, sintetiklik, aqlning teranligi) dizayn fikrlash, rivojlantiruvchi ta’lim va yaratuvchan ijodkorlik jarayonlari bilan o‘zaro ta’sir darajasi intensivligini shaxsiy motivlashtirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish jarayonlari muammoni ko‘ra olish va belgilash, turli-tuman g‘oyalarni generatsiyalash qobiliyati, tezkorlik, yuqori hissiyotlilik, originallik, muammoga echim topish kabi ijodiy rivojlanish parametrlarini amaliy-tadqiqiy faoliyat bilan bevosita individual integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik modelini faoliyatli-mazmunli komponenti boshlang‘ich, assortiment guruhlarni tanlash, me’moriy bezakni (deviz) tanlash, yakuniy artefakt-mahsulotni yaratish bo‘yicha 8K (sakkiz konsept) orqali g‘oyalarni amalga oshirish bosqichlarida hamkorlikdagi ijodiy faoliyat tajribasi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning morfologik tahlil, inversiya, shaxsiy analogiya, sinektika, muammoli, tadqiqiy, evristik kabi interfaol texnologiyalari texnologik ta’limda ishlab chiqarish dizayni hamda virtual va to‘ldiruvchi borliq ilovalarga asoslangan raqamli resurslarni dizayn loyihalarni yaratishda adaptiv qo‘llash metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik tuzilmasini yetakchi sifat tarzida fleksibillikni dizayn fikrlash, rivojlantiruvchi ta’lim va yaratuvchan ijodkorlik jarayonlari bilan o‘zaro ta’sir darajasi intensivligini shaxsiy motivlashtirishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish, dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish jarayonlarini muammoni ko‘ra olish va belgilash, turli-tuman g‘oyalarni generatsiyalash qobiliyati, tezkorlik, yuqori hissiyotlilik, originallik, muammoga echim topish kabi ijodiy rivojlanish parametrlarini amaliy-tadqiqiy faoliyat bilan bevosita individual integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 dekabrdagi 01/11-01/01-1788-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy ta’lim mazmunini o‘quvchilarda kreativ qobiliyatlarni shakllantirishga doir o‘quv materiallari bilan boyitishga xizmat qilgan;
dizayn loyihalari vositasida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning pedagogik modelini faoliyatli-mazmunli komponentini boshlang‘ich, assortiment guruhlarni tanlash, me’moriy bezakni tanlash, yakuniy artefakt-mahsulotni yaratish bo‘yicha 8K orqali g‘oyalarni amalga oshirish bosqichlarida hamkorlikdagi ijodiy faoliyat tajribasi produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-099. “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasining “Barkamol inson shaxsi strukturasining asosiy qismlari (aqliy, axloqiy, estetik)” va “Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri” qismlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 27 dekabrdagi 01-4205-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kreativ qobiliyatlarni shakllantirishda konseptual o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning morfologik tahlil, inversiya, shaxsiy analogiya, sinektika, muammoli, tadqiqiy, evristik kabi interfaol texnologiyalarini texnologik ta’limda ishlab chiqarish dizayni hamda virtual va to‘ldiruvchi borliq ilovalarga asoslangan raqamli resurslarni dizayn loyihalarni yaratishda adaptiv qo‘llash metodikasini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O’zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan “Bolalar uchun”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 23 dekabrdagi 04-25-1939-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila va maktab hamkorligi asosida bolalarda dizayn fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish tajribasini ommalashtirishga xizmat qilgan.