Hojieva Gulchehra Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «San’atga oid terminlarning leksik-semantik va milliy-madaniy tahlili (fransuz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1613.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Abdurahim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillarida san’atga doir terminosferalarning leksik-semantik, milliy-madaniynuqtai nazardan xususiyatlarini ochib berish bilan birga ikki noqardosh til doirasida ularning mushtarak va differensial belgilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillaridagi san’atga doir terminlarning leksik-semantik xususiyatlari va milliy-madaniy mohiyati har ikkala xalqning til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi va ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi san’at terminosistemasining derivativ xarakteri terminologik birlikning matn rivoji doirasida verballashuvi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, mazkur jarayon natijasi sifatida terminning birlamchi mahsulot ekanligi aniqlangan;
ikki noqardosh tillardagi san’atga oid terminlarning milliy-lisoniy, kognitiv-semantik xususiyatlari freym, geshtal`t, slot, skript kabi konseptual belgilar «doira», «qayroq», «nay», «devon», «muyqalam», «lazgi», «munojot», «maqom», «suhanronlik» «violon», «tchagne», «tambourin», «miniature», «pièce», «rôle» kabi lingvokul`turemalar vositasida namoyon bo‘lishi asoslangan;
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan zargar, zardo‘z, kashtado‘z, kulol, baxshi, cholg‘usoz, raqqosa, rassom hamda arrangeur, ensemble, romaniste, miniaturiste, belle(fém) beau singari san’at terminlarining kognitiv va lingvomadaniy jihatlari genetik-kul`turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz hamda o‘zbek tillari san’atga oid terminlarining leksik-semantik va milliy-madaniy xususiyatlarinianiqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
fransuz va o‘zbek tillaridagi san’atga doir terminlarning leksik-semantik xususiyatlari va milliy-madaniy mohiyati har ikkala xalqning til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi va ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 sentyabrdagi 17.01/165-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyoslanayotgan tillardagi san’atga oid terminlarning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash hamda ularni tarjima qilish muammo va echimlari, ularga xos mushtarak va differensial belgilarni ochib berish imkoniyatlari kengaygan;
ikki noqardosh tillardagi san’atga oid terminlarning milliy-lisoniy, kognitiv-semantik xususiyatlari freym va slot kabi konseptual belgilar «doira», «qayroq», «nay», «karnay», «surnay», «dutor», «rubob», «devon», «muyqalam», «lazgi», «munojot», «maqom», «suhanronlik» «violon», «tchagne», «tambourin», «outillage», «allemande», «flageolet» «artiste», «belle-étage», «parterre», «miniature» kabi lingvokul`turemalar vositasida namoyon bo‘lishiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatida 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” dasturi doirasida “Les lieux de pelerinage de l’Ouzbekistan” katalogining fransuzcha variantini tarjima qilishda innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatining 2022 yil 26 maydagi 090-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari o‘zbek madaniyati bilan bog‘liq so‘z va iboralarni fransuz tiliga tarjima qilish jarayonida duch kelinadigan muammolarni hal qilishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi san’at terminosistemasi yasalish jarayonining derivativ xarakteri terminologik birlikning matn rivoji doirasida verballashuvi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, mazkur jarayon natijasi sifatida terminning birlamchi mahsulot ekanligi bilan bog‘liq natijalardan Buxoro viloyati «Istiqlol» telekanalida «Muloqot» teleko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan («Istiqlol-TV» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2021 yil 2 iyundagi 1108-son ma’lumotnomasi). Natijada davlatlararo va xalqaro san’at aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish, ta’lim, madaniyat va san’at sohalariga doir va ommaviy dasturlarni tayyorlashda manba sifatida xizmat qilgan.