Kendjaeva Gulrux Fattilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tarjimalarida milliy manzaraning lingvomadaniy ifodasi (asliyat va M.Safarov, K.Ermakova, M.Riiz tarjimalari asosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2256.
Ilmiy rahbar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yusupova Hilola O‘ktamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nasri tarjimasining xarakterli xususiyatlarini “O‘tkan kunlar” romani va uning rus, ingliz tillaridagi tarjimalari misolida aniqlash hamda milliy manzarani ifodalashda tarjima usul va vositalarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy manzarani ifodalovchi frazeologik birliklar, paremiyalar, realiyalar, tarixiy so‘zlar, arxaizmlar singari vositalarini tarjima qilishda transkripsiya, kal`kalash, perifraza, analog, ekvivalent, assimilyasiya, kompensatsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, gipo-giperonimik kabi tarjima usullarining funksionalligi aniqlangan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi frazeologik birliklar va paremiyalarni kompensatsiya, eksplikatsiya, analog yoki ekvivalent tanlash usullari qo‘llanishi orqali tarjima qilinayotgan birliklar semantikasining to‘liq ochib berilishida majoziy ma’no hamda madaniy-tarixiy manzarani saqlab qolganligi dalillangan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi milliy-madaniy manzarani ifodalashda millatga xos bo‘lgan maxsus leksik birliklar, realiyalar tarjimasida eksplikatsiya, generalizatsiya, giponim va giperonim usullarining birlamchi qiymat kasb etishi asoslangan;
istorizm va arxaizmlar bilan ifodalangan realiyalar orqali olam manzarasining ifodalanishida matnga xos bo‘lgan intertekstuallik, kontekstual vaziyat, shakl va mazmun mutanosibligi/nomutanosibligi hamda kal`kalash usulining samaradorligi, funksionalligi va unga individual yondashuv tamoyillari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining rus va ingliz tillariga tarjimalarini o‘rganish hamda asliyatdagi milliy manzarani tarjima qilish usullarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy manzarani ifodalovchi frazeologik birliklar, paremiyalar, realiyalar, tarixiy so‘zlar, arxaizmlar singari vositalarini tarjima qilishda transkripsiya, kal`kalash, perifraza, analog, ekvivalent, assimilyasiya, kompensatsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, gipo-giperonimik kabi tarjima usullarining funksionalligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan OT-F1-18 “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022 yil 5 martdagi 39-08-542-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik, stilistika, leksikologiya sohalari yangicha nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi frazeologik birliklar va paremiyalarni kompensatsiya, eksplikatsiya, analog yoki ekvivalent tanlash usullari qo‘llanishi orqali tarjima qilinayotgan birliklar semantikasining to‘liq ochib berilishi orqali majoziy ma’no hamda madaniy-tarixiy manzarani saqlab qolganligi oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 17 fevraldagi 264/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot natijalaridan tarjimashunoslik asoslarini, tarjima nazariyasi va amaliyotini modernizatsiya qilish, ta’lim jarayonlarini mustahkamlash va baynalmilallashtirishga qaratilgan darsliklarni yaratishda yangicha yondashuv asosi sifatida foydalanishga erishilgan;
istorizm va arxaizmlar bilan ifodalangan realiyalar orqali olam manzarasining ifodalanishida matnga xos bo‘lgan intertekstuallik, kontekstual vaziyat, shakl va mazmun mutanosibligi/nomutanosibligi hamda kal`kalash usulining samaradorligi, funksionalligi va unga individual yondashuv tamoyillari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 fevraldagi 1/29-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kungacha maqsadli auditoriya mahalliy tarjimashunoslik va uning rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, badiiy tarjima va undagi milliy o‘zlikni ifodalash haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldi; tahlil tinglovchilarning tarjima san’ati va uning turli xalqlar o‘rtasida bo‘g‘in vazifasini o‘tash qobiliyati haqidagi bilimlarini kengaytirish, shuningdek, kitobxonlikka qiziqishni oshirish imkoni yaratilgan.