Xakimov Nodir Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2012.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy ob’ektlarni rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan loyihalar bo‘yicha kredit to‘lovlarini respublika byudjetida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish parametrlari kesimida mablag‘lar hisobidan qoplash orqali davlatning turli fondlaridan maqsadli berilgan moliyaviy mablag‘larning noo‘rin sarflanishini oldini olish taklifi asoslangan;
qurilish sohasi ob’ektlarida smeta ijrosi hisobini yuritish, bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning texnik auditorlar tomonidan kiritib borilishi yo‘lga qo‘yilgan “Shaffof qurilish” axborot tizimini joriy qilish orqali davlat moliyaviy nazorat organlarining faoliyatining samaradorligini ta’minlash asoslangan; 
qurilish sohasidagi soliq to‘lovchilar faoliyatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qonunbuzilish xavfi darajasini ifodalovchi mezonlar tarkibiga xomashyo va materiallarni sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larning qurilish hajmiga nisbatan nomutanosibligi mezonini kiritish orqali moliyaviy nazoratni takomillashtirish asoslangan; 
davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar jamlanuvchi hamda nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda aniqlangan moliyaviy kamchilikka oid ma’lumotlar bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazilgan tashkilotning yozma fikrini joylashtiriluvchi “Davlat auditi” milliy dasturidan foydalanish orqali moliyaviy nazorat ma’lumotlarini tezkor qayta ishlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat moliyaviy nazoratini to‘g‘ri tashkil etish va uni samarali amalga oshirilishini ta’minlashga oid ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ijtimoiy ob’ektlarni rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan loyihalar bo‘yicha kredit to‘lovlarini respublika byudjetida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish parametrlari kesimida mablag‘lar hisobidan qoplash orqali davlatning turli fondlaridan maqsadli berilgan moliyaviy mablag‘larning noo‘rin sarflanishini oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-son “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 06/04-01-01-37/3722-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ijtimoiy ob’ektlar uchun davlatning turli fondlaridan maqsadli berilgan moliyaviy mablag‘larni noo‘rin sarflanishining oldini olish hamda ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
qurilish sohasi ob’ektlarida smeta ijrosi hisobini yuritish, bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning texnik auditorlar tomonidan kiritib borilishi yo‘lga qo‘yilgan “Shaffof qurilish” axborot tizimini joriy qilish orqali davlat moliyaviy nazorat organlarining faoliyatining samaradorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi PF-6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 06/04-01-01-37/3722-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sohasida davlat moliyaviy nazorat ishlarini samarali tashkil etish, moliyaviy qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hamda jamoatchilik nazorati yangi mexanizmlarining yuzaga kelishi, davlat moliyaviy nazorat organlari faoliyatining samaradorligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
qurilish sohasidagi soliq to‘lovchilar faoliyatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qonunbuzilish xavfi darajasini ifodalovchi mezonlar tarkibiga xomashyo va materiallarni sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larning qurilish hajmiga nisbatan nomutanosibligi mezonini kiritish orqali moliyaviy nazoratni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 06/04-01-01-37/3722-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat moliyaviy nazoratining muhim turlaridan hisoblangan soliq nazorati doirasida qurilish sohasidagi soliqqa oid moliyaviy qonunbuzilishlarning kelib chiqishini to‘g‘ri aniqlash va baholash imkoni yaratilgan;
davlat moliyaviy nazorati va ichki audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar jamlanuvchi hamda nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda aniqlangan moliyaviy kamchilikka oid ma’lumotlar bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazilgan tashkilotning yozma fikrini joylashtiriluvchi “Davlat auditi” milliy dasturidan foydalanish orqali moliyaviy nazorat ma’lumotlarini tezkor qayta ishlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi PF-6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 06/04-01-01-37/3722-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada davlat moliyaviy nazorat mexanizmi amaliyotida samaradorlikka erishish, moliyaviy nazoratni raqamlashtirish, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish