Shukurova Barchin Samadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbek nasrida etik va estetik ideal muammosi (L.Bo‘rixon va Q.Norqobil nasri misolida)”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD /Fil.758.
Ilmiy rahbar: Miliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi o‘zbek nasrida etik va estetik ideal muammosini L.Bo‘rixon hamda Q.Norqobil ijodi misolida tahlil qilib, yangilangan va zamon bilan hamnafas ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy ideallarni aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi o‘zbek nasrida etik va estetik idealning namoyon bo‘lishi asoslanib, yangi o‘zbek nasrida estetik idealning adabiy qahramon va asar badiiy g‘oyasida mujassamlangani ochib berilgan;
Luqmon Bo‘rixon “Imom Moturidiy” tarixiy romanida komil shaxs va etik-estetik ideal yaratishda badiiy konflikt, kinoyaviy uslubdan mahorat bilan foydalangani dalillangan;
Luqmon Bo‘rixon va Qo‘chqor Norqobil nasrida ijtimoiy ideallar (mehnatsevarlik, vatanparvarlik, tinchlik, farovonlik) va ideallarning zamonaviyligi hamda davrlar osha o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
yangi o‘zbek nasrida milliy qadriyat va an’analarning ideal sifatida namoyon bo‘lishi, muallif estetik idealini ifodalashda an’anaviy realizm imkoniyatlari hamda kinoyaviy badiiy vositalardan foydalangani ilmiy o‘rganilib, adibning ijodiy yutug‘i sifatida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek nasrida etik va estetik ideal muammolari mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazini o‘rganishda tadqiqotchining “Hikoyada milliy xarakter va zamonaviy muammolar talqini” (O‘zbek tili va adabiyoti, 2020, 2-son, 58-60-betlar), “Hikoyada qahramon ruhiyati tasviri” (O‘zbek tili va adabiyoti, 2020, 6-son, 80-84-betlar) maqolalarida dissertatsiya mavzusi yuzasidan chop qilingan tadqiqotlaridagi hozirgi o‘zbek nasrida milliy an’analar va qadriyatlarni muqaddas bilgan o‘zbek xarakteri, zamon bilan hamnafas adabiy qahramonlar, halollik, mehnatkashlik, vatanparvarlik, tinchliksevarlik, bunyodkorlik, hayotsevarlik, sadoqat, oilaparvarlik kabi oliy ideallar haqidagi ilmiy-nazariy muammolarni aniqlashtirishga doir xulosalaridan OT-F1-80 – “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255-499-son ma’lumotnomasi). Natijada “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” (Toshkent: Muharrir, 2018) jamoaviy to‘plamida yangi o‘zbek nasrida faol ijod qilayotgan ikki yozuvchi Luqmon Bo‘rixon hamda Qo‘chqor Norqobilning roman, qissa, hikoyalarida namoyon bo‘lgan etik va estetik ideallari muammosi kengroq yoritilgan;
“Luqmon Bo‘rixon. Tanlangan asarlar. Roman va hikoyalar” jildligini tayyorlash hamda bu jildliklarga “Kirish so‘zi” va “Izohlar” tayyorlashda tadqiqotchining “Luqmon Bo‘rixon hikoyachilik mahorati: taassub va tadrij”, “Hikoyada qahramon ruhiyati tasviri” (2020)” maqolalaridagi yozuvchi nasriga xos individual xususiyatlar, etik va estetik idealni yaratishdagi ijodiy yangilanishlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan OT-F-77 “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255-499-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi o‘zbek nasrining iste’dodli nosiri Luqmon Bo‘rixon asarlarida namoyon bo‘lgan zamonaviy ijtimoiy ideallar (bunyodkor mehnat kishisi obrazi) hamda umuminsoniy oliy ideallar, sof muhabbat va odamiylik ideallar haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Nasr kengashi yillik hisobot yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlar bilan adabiy mashg‘ulotlarda, ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda yangi o‘zbek nasrida ilk bor yaratilgan Imom Moturidiy obrazining sharqona etik-estetik idealligi masalasi L.Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” romani badiiy estetik tahlili, shuningdek, yangi o‘zbek nasrida urush va tinchlik mavzusini xalqaro miqyosda keng badiiy targ‘ib etayotgan Q.Norqobilning “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim”, “Tabassum qil, sevgilim” to‘plamlariga kirgan qissa va hikoyalaridagi estetik ideallar talqini bo‘yicha olib borilgan ilmiy-nazariy xulosalaridan foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 28 iyundagi 01-03/853-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslik va tanqidchilikda yozuvchi shaxsi va etik va estetik ideali masalasi ko‘rsatib berilgan;
yangi o‘zbek nasrida milliy qadriyat va an’analarning ideal sifatida namoyon bo‘lishi, muallif estetik idealini ifodalashda an’anaviy realizm imkoniyatlari hamda kinoyaviy badiiy vositalardan foydalangani ilmiy o‘rganilib, adibning ijodiy yutug‘i sifatida ko‘rsatilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida tayyorlab, efirga uzatilgan ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarda, xususan “Assalom O‘zbekiston” hamda “Ziyoli minbari” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 21 sentyabrdagi 06-28-1404-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi ta’minlangan.