Saypullaev Ilxomjon Abduraxmonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2502.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov  Umid Abdullaevich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Jumanazarov Qodirjon Salyaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlikning milliy va global iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan ikkita, iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi munosabatlar hamda global tadbirkorlikni amalga oshiruvchi tuzilma taklif etilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishida infratuzilma - demografiya - ta’lim va o‘qitish integratsiyasi negizida «Inson qadri uchun» tamoyili asosida tizimli yondashuv sxemasi taklif etilgan;
bozor o‘zgarishlari natijasida yangi biznes tarmoqlarini yaratish va xususiy tadbirkorlikni faollashtirish asosida kichik biznes samaradorligini baholashning subpudrat modeli takomillashtirilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari 2026 yilgacha ko‘p omilli prognoz natijalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tadbirkorlikning milliy va global iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan ikkita, iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi munosabatlar hamda global tadbirkorlikni amalga oshiruvchi tuzilma bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimining 2022 yil 17 iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 13 iyundagi PF–153-son ijrosi haqida”gi 397-6-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8727-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda va ularning samaradorlik darajasini 2021 yilda o‘rtacha 18,3 % oshishini ta’minlagan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishida infratuzilma - demografiya - ta’lim va o‘qitish integratsiyasi negizida «Inson qadri uchun» tamoyili asosida tizimli yondashuv sxemasi bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimining 2021 yil 13 sentyabrdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF–6307-son Farmoni ijrosi haqida”gi 250-6-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8727-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijalari viloyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 21,6 %ga oshishini va eksport hajmini qo‘shimcha 12,3 %ga oshirish imkonini bergan;
bozor o‘zgarishlari natijasida yangi biznes tarmoqlarini yaratish va xususiy tadbirkorlikni faollashtirish asosida kichik biznes samaradorligini baholashning subpudrat modeli bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimining 2021 yil  17 maydagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 294-son qarori ijrosi haqida”gi 6-6-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8727-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikni Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “FAZMAN TEKSTIL” MChJ va “ASROR TEKSTIL SANOAT” MChJ korxonalarida qo‘llanilishi natijasida ushbu korxonalar sof foydasini 2021 yilda mos ravishda qo‘shimcha 8,7 va 12,1 foizga oshirish imkonini bergan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari 2026 yilgacha ko‘p omilli prognoz natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif Namangan viloyati hokimining 2022 yil 17 iyundagi «Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–153-son Farmoni ijrosi bo‘yicha  qabul qilingan 397-6-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan ( O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 avgustdagi 11/03-15-8727-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik natijalaridan hududlardagi kichik biznes sohasining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirib, Namangangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish