Pirniyazova Turdigul Omirzakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston tarixi buyicha memuar adabiyotlar (1917-1991 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar325. Ilmiy rahbar: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori; Utemuratov Baxram Bekmuratovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1917-1991 yillardagi Qoraqalpog‘iston tarixi bo‘yicha memuar adabiyotlarning tarixiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo bo‘limida Sovet hokimiyatining o‘rnatilishiga bag‘ishlangan M.Allabergenov, M.Ibniyaminov, A.Abduraxmonov, O.Ermanov, S.Sarsenbaev va Polvonniyoz Yusupovning xotiralari 1917-1930 yillardagi voqealarga tarixiy asos bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘istonda Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng, keyingi yillari inqilob sharafiga, ijtimoiy buyurtmalar esdaliklardan foydalangan vaqtda siyosiy talab va sub’ektiv jihatlar aks etganligi asoslangan;
memuar adabiyotlar va xotiralarda 1930-1940 yillarda qoraqalpoq jamiyatini sinfiy tabaqalanishi haqidagi ma’lumotlari va tarkibiy tizimning tasniflari har bir davrda farqlanib, Rossiya Federatsiyasining 1930-1936 yillarda Qoraqalpog‘istonga do‘stona yordam jamiyatni yangi bosqichga ko‘targan bo‘lsa-da, jamiyatdagi deformatsiya jarayonlari va 1934-1935 yillardagi qatag‘onlarga qarshi turmasligi sotsializm mafkurasining «mustahkamlanishiga» olib kelganligi isbotlangan;
urushning so‘nggi bosqichida va hatto u tugaganidan keyingi dastlabki oylarda ham «har qanday holatda» natijaga erishishga bo‘lgan munosabat yo‘qolib, urush davridagi Qoraqalpog‘iston tarixidagi xotiralar qahramonlardan iqtisodiyotning kundalik hayotiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta qurishning qiyin sharoitini, odamlarga vayronagarchilikning hajmini, yaralarni davolash uchun qilinadigan ishlarning hajmini tasavvur qilishmasligi uchun qaratilgani aniqlangan;
K.Kamalov tomonidan yaratilgan O‘zbekistonning taniqli davlat arboblari – Usmon Yusupov, Sharaf Rashidov va Islom Karimovning portretlari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa, Sharaf Rashidovning davlat rahbarlik uslubi, uning Qoraqalpog‘iston uchun kadrlar tayyorlashdagi roli, totalitar davlatchilik sharoitida o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari manfaatlarini himoya qilishdagi roli ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng yangi tarixidagi memuar adabiyotlarni talqin etish natijasida:
Amudaryo bo‘limida Sovet hokimiyatining o‘rnatilishiga bag‘ishlangan M.Allabergenov, M.Ibniyaminov, A.Abduraxmonov, O.Ermanov, S.Sarsenbaev va Polvonniyoz Yusupovning xotiralari 1917-1930 yillardagi voqealarga tarixiy asos bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘istonda Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng, keyingi yillari inqilob sharafiga, ijtimoiy buyurtmalar esdaliklardan foydalangan vaqtda siyosiy talab va sub’ektiv jihatlar aks etganligiga oid natijalardan “Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati” muzeyida sayyohlarga tematik ekskursiyalar o‘tkazish va sovet davriga oid eksponatlarni boytishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati muzeyining 2021 yil 2-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar muzey ekspozisiyasini eksponatlar bilan boyitish bilan birgalikda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
memuar adabiyotlar va xotiralarda 1930-1940 yillarda qoraqalpoq jamiyatini sinfiy tabaqalanishi haqidagi ma’lumotlari va tarkibiy tizimning tasniflari har bir davrda farqlanib, Rossiya Federatsiyasining 1930-1936 yillarda Qoraqalpog‘istonga do‘stona yordam jamiyatni yangi bosqichga ko‘targan bo‘lsa-da, jamiyatdagi deformatsiya jarayonlari va 1934-1935 yillardagi qatag‘onlarga qarshi turmasligi sotsializm mafkurasining «mustahkamlanishiga» olib kelganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tanishtiruv jarayoniga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 6 iyundagi 06-10/428-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston tarixi bo‘yicha memuar adabiyotlari ilmiy tahlil qilingan bo‘lib, ushbu davrdagi memuar adabiyotlar yozish madaniyati, memuar adabiyotlari bosib chiqarish ishlarining rivojlanish bosqichlari e’tirof etilgan.
urushning so‘nggi bosqichida va hatto u tugaganidan keyingi dastlabki oylarda ham «har qanday holatda» natijaga erishishga bo‘lgan munosabat yo‘qolib, urush davridagi Qoraqalpog‘iston tarixidagi xotiralar qahramonlardan iqtisodiyotning kundalik hayotiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta qurishning qiyin sharoitini, odamlarga vayronagarchilikning hajmini, yaralarni davolash uchun qilinadigan ishlarning hajmini tasavvur qilishmasligi uchun qaratilgani bo‘yicha natijalaridan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Miyras» eshittirishi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 iyuldagi №01-s-2/346-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning memuar adabiyotlar yozish madaniyati, memuar adabiyotlari bosib chiqarish ishlarining rivojlanish bosqichlari bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.