Tleumuratov Mambetbay Bazarbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Professional sport munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu.535.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomov Nurillo Fayzullaevich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xudoybergenov Bexzod Baxtiyorovich, yuridik fanlar buyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional sport munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbol bo‘yicha sport mahoratini maktabi faoliyatining mulkiy asoslarini takomillashtirish pullik xizmatlar ko‘rsatganlik hamda homiylikdan olinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi asoslantirilgan;
sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya inshootlari haqidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirish yo‘li bilan mazkur sohasidagi axborot himoyasini ta’minlash zarurligi asoslantirilgan;
maxsus vakolatli davlat organi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etadi hamda o‘tkazadi, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etishi lozimligi asoslantirilgan;
ta’lim tizimi muassasalari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etishi orqali professional sportni rivojlantirishga erishish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional sport munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi faoliyatini moliyalashtirish oliy maktabi faoliyati sohasi bo‘yicha pullik xizmatlarni amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 19 noyabrdagi 918-son qarorining 31-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 6 maydagi 32-12/21-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sport munosabatlarini sport tashkilotlari mulkiy asoslari tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
internet tarmog‘idan doimiy foydalanish va ma’lumotlarning belgilangan kvotalar doirasida axborot himoyasini ta’minlagan holda, www.sport.uz yagona axborot portalini takomillashtirish, xususan, unda sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlari haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash haqidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyundagi 454-son “Jismoniy tarbiya va sport» yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5,7-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 6 maydagi 32-12/21-32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sport tashkilotlari, sportchilar va trenerlar haqidagi axborotni ishonchli himoya qilish tizimini yaratish imkonini yaratgan;
maxsus vakolatli davlat organi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishi hamda o‘tkazishi, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etishiga oid taklif «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 11 fevraldagi 7-son dalolatnomasi). Ushbu taklif professional sport bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, soha mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimi muassasalari hamda bu sohaga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 11 fevraldagi 7-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sport mutaxassislarni tayyorlash orqali professional sportni tartibga solishning huquqiy mexanizmlar amal qilishiga imkoniyat taqdim etgan.